Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Isroil köçmançilari Ğarbiy sohildagi masjidni yoqib yubordi
Falastinlik rasmiylarning aytişiça, 13 noyabr kuni isroillik radikal köçmançilar bosib olingan Ğarbiy sohilda masjidni yoqib yuborgan. Bu kuçayib borayotgan tartibsizlik Ğarbiy sohildagi ön minglab falastinliklarni köçişga majbur qildi.
Hujum vaqtida masjid böş bölgan va heç kim jarohat olmadi. Lekin masjid içidagi kitoblar va gilamlarning bir qismi yongan. «Bu ekstremistik guruhlar hayotimizni vayron qilmoqda», dedi hujumga uçragan masjid imomi Ahmad Salem.
Isroil armiyasi boş ştabi rahbari general-leytenant Eyol Zamir bu hafta falastinliklarga qarşi köçmançilar zöravonligini kamdan kam uçraydigan tarzda qoraladi. Isroil harbiy bayonoti öşa hududdagi masjidga qilingan öt qöyiş hujumini tasdiqladi, biroq uni kim sodir etganini aytmadi. Harbiylar har qanday zöravonlikni qoraladi va «hududda xavfsizlik va tartibni ta’minlaşni davom ettirişini» bildirdi.
Tramp ma’muriyati ham hujumlardan xavotir bildirdi. «Ğarbiy sohildagi voqealar tarqalib, Ğazoda qilayotgan işlarimizni izdan çiqarişi mumkinligidan biroz xavotir bor», dedi AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio.
BMTning Quddusdagi gumanitar masalalar böyiça idorasi Ğarbiy sohilda «falastinliklarga qarşi köçmançilar zöravonligi keskin oşgani» haqida ogohlantirdi.
Falastinlik va isroillik huquq faollari — Isroil hukumati köçmançilar hujumlariga odatda köz yumib kelişini aytadi. Xususan, seşanba kuni Ğarbiy Sohildagi Nablus şahri yaqinida önlab niqobli köçmançilar falastinliklarga hujum qilib, avtomobillarga öt qöyib yuborgan edi. Undan oldinroq esa, köçmançilar zaytun terayotgan dehqonlar va ularning oldida bölgan xalqaro jurnalistlar hujum qilişgan.
Germaniya armiyasini köpaytirmoqçi
Germaniyaning koalitsion hukumati bir neça oylik siyosiy tortişuvlardan söng qöşinlar sonini oşiriş uçun yangi harbiy xizmat rejasiga kelişdi. Qonunçilar uşbu rejani 2025 yil oxiriga qadar ovozga qöyişlari kutilmoqda.
Yangi harbiy xizmat rejasi barça 18 yoşli erkaklarni xizmatga yaroqlilik böyiça anketani töldirişga va 2027 yildan boşlab tibbiy körikdan ötişga majbur qiladi. BBCʼning yozişiça, bu qaror Berlin Yevropaning eng kuçli an’anaviy armiyasini yaratişga intilayotgan bir paytda qabul qilindi.











