Yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş, yöl-transport infratuzilmasini yaxşilaş va tirbandliklarni kamaytiriş çora-tadbirlari yuzasidan 2025 yil 9 iyul kuni ötkazilgan videoselektor yiğilişida berilgan topşiriqlar ijrosi doirasida Toşkent viloyatining yondoş hududlarini poytaxt bilan boğlaş böyiça amaliy işlar davom ettirilmoqda.

Şu munosabat bilan 2025 yil 15 noyabrdan boşlab yangi 194-sonli avtobus yönalişi işga tuşiriladi.
Yönaliş: Toşkent şahri, Janubiy vokzal — Toşkent viloyati, Niyozboşi mahallasi.
Uşbu yönalişda zamonaviy Mercedes-Benz LF avtobuslari xizmat körsatadi.
Harakat vaqti: iş kunlari: 05:30 – 23:10 (11 ta avtobus), şanba: 05:30 – 22:25 (10 ta avtobus), yakşanba: 06:07 – 22:02 (9 ta avtobus).
Toşkent şahar transport va yöl-transport infratuzilmasini rivojlantiriş boş boşqarmasiga köra, yangi yönaliş aholi uçun qulay jamoat transporti imkoniyatlarini kengaytiriş, şaxsiy avtotransportdan foydalaniş zaruratini qisman kamaytiriş hamda poytaxtga kundalik qatnovlarni ança yengillaştirişga xizmat qiladi.










