Qirğizistonning Öş viloyatida 14 noyabr kuni soat 16:57 da 3,7 magnitudali zilzila sodir böldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.

Zilzila 10 km çuqurlikda yuzaga kelgan, epimarkaz Toşkent şahridan 328 km janubi-şarqda joylaşgan.

Yer silkinişi Andijon viloyatining bir neçta hududlarida sezildi:

- Qörğontepa tumani — 2–3 ball (episentrdan 23 km)

- Xonobod tumani — 2–3 ball (23 km)

- Xöjaobod tumani — 2 ball (33 km)

- Jalaquduq tumani — 2 ball (36 km)

Zilzila epimarkazida seziliş kuçi 4 ball bölgani ma’lum qilindi.

Jabrlanganlar va talafotlar haqida xabar berilmadi.