Toşkent şahrida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinçi Maslahat uçraşuvi bölib ötadi.

Sammitda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov, şuningdek, BMTning Markaziy Osiyo uçun preventiv diplomatiya böyiça mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze iştirok etadi.

Tadbir kun tartibiga Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlaş, ustuvor sohalarda qöşma loyihalar va taşabbuslarni amalga oşiriş masalalari kiritilgan. Şuningdek, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almaşiş rejalaştirilgan.

Maslahat uçraşuvi yakunida köp tomonlama hujjatlarning salmoqli töplamini qabul qiliş kutilmoqda.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining muntazam maslahatlaşuvlarini ötkaziş taşabbusi Özbekiston yetakçisi tomonidan 2017 yil sentabr oyida BMT Boş Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan edi.

Özbekistonning uşbu formatdagi raisligi davrida hamkorlikning turli sohalarini qamrab olgan 20 dan ortiq yirik tadbirlar ötkazildi.