Qöşma Ştatlar Nevada ştatidagi Tonopa poligonida B61-12 yadroviy bombasini sinaş muvaffaqiyatli ötgani haqida ma’lum qildi. Sinovlar çoğida F-35 harbiy samolyoti jangovar zaryadsiz bombalarni taşlagan. Ta’kidlanişiça, sinovlar 19–21 avgust kunlari Nevadadagi poligonda ötkazilgan. Bu haqda 13 noyabr kuni AQŞ Energetika vazirligi qoşidagi Sandia laboratoriyasi xabar berdi.
Sandia laboratoriyasiga köra, sinov parvozlari yadroviy arsenal işonçliligini yillik baholaş va uçuvçilar tayyorgarligini ta’minlaş doirasida ötkazilgan. Laboratoriya ma’lumot berişiça, 2024 yil oxirida AQŞda B61-12 bombalarini qurol-aslaha tarkibida uşlab turiş muddati yana 20 yilga uzaytirilgan.
Oq uy rahbari Donald Tramp 14 noyabr kuni AQŞda yadroviy sinovlarni qayta boşlaş niyatini tasdiqladi. OAV vakillarining bu qaçon sodir bölişi haqidagi savoliga Tramp: «Yaqin orada», — deb javob berdi. Reuters agentligi ta’kidlaşiça, respublikaçi siyosatçi bu sinovlar tarkibida yadroviy jangovar kallaklarni portlatiş ham nazarda tutilgan-tutilmaganini aniqlaştirmagan.












