Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Ğazoda çodirlar yomğir suvlariga töldi
Kuni keça Ğazoda kuçli yomğir yoğdi. Yomğir suvlari yuzlab çodirlar va boşpanalardan oqib ötib, ikki yillik uruş davomida keskin yomonlaşgan humanitar vaziyatni yanada oğirlaştirdi.
Anadolu naşrining yozişiça, heç qanday infratuzilma bölmagani sababli lagerlarda joylaşgan oilalar uxlaş joylarini yerdan kötarişga harakat qilmoqda. Buning uçun ular çodirlarga toş va qum taşib kirişga majbur bölgan.
Köçirilgan tinç aholi asosan eskirgan çodirlarga tayanadi. Ğazo hukumati media idorasiga köra, barça çodirlarining qariyb 93 foizi — 125 ming çodir yaşaşga yaroqsiz bölib qolgan.
Ikki yillik uruş davomida ön minglab çodirlar Isroil havo hujumlari oqibatida şikastlangan. Yana minglab çodirlar esa tabiiy sabablarga köra — jazirama yoz issiği va kuçli şamollari tufayli vayron bölgan.
Şunday oğir şaroitlar içida qolgan Abu A’lo öz çodirini suv bosganidan söng nima qilişini bilmasligini aytgan. Uning Ğazoning şimolidagi uyi vayron bölgan. Isroil armiyasi unga vayron bölgan uyiga qaytişga ham ruxsat bermaydi.
Eng birlamçi ehtiyojlarini ham qoplanmaslik orqali Ğazo aholisi — ikki yillik uruş va genotsidning oğir oqibatlari har kuni öz tanasida his qilmoqda.
Yaponiya va Xitoy diplomatik mojarosi
Agar Yaponiya Tayvan masalasiga aralaşiş uçun kuç işlatadigan bölsa, «yakson qiladigan» harbiy mağlubiyatga uçraydi. Bunday tahdidona ogohlantiriş juma kuni Xitoy tomonidan yangradi.
Yaponiya boş vaziri Sanae Takayiçi ötgan hafta parlamentdagi çiqişida agar Xitoy Tayvanga hujum qilsa, bu «orolni xavf ostiga qöyuvçi vaziyat» bölişi va Tokiodan harbiy javobni keltirib çiqarişi mumkinligini aytgandi. Şu bilan Tokio va Pekin örtasida diplomatik tortişuv boşlangandi.
Şundan söng, Xitoyning Osakadagi boş konsuli Xue Szyan «özini suqib kirgan bu iflos böyin kesib taşlanişi kerak» deya Yaponiya boş vaziriga «javob berdi. Keyin bu xabarini öçirib taşladi.











