Ukraina xorijiy şeriklaridan, xususan Fransiyadan qöşimça havo mudofaa tizimlari va harbiy samolyotlar oladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy 14 noyabr kuni keçki murojaatida ma’lum qildi. Zelenskiyning ta’kidlaşiça, zarur qarorlar tayyorgarlikning yakuniy bosqiçida, uşbu kelişuv “tarixiy” ahamiyatga ega böladi.
Bundan taşqari, ukrain tomoni Gretsiya bilan ham Ukrainaga gaz yetkazib beriş variantlarini kengaytiriş doirasida, “qiş mavsumi va strategik istiqbol uçun” kelişuv tayyorlayotganini qayd etdi Volodimir Zelenskiy.
Bundan oldin, payşanba kuni Skandinaviya va Boltiqböyi mamlakatlari PURL dasturi doirasida Ukraina uçun AQŞdan qurol-yaroğ sotib oliş maqsadida 500 mln dollar (430 mln yevro) ajratişini e’lon qilgan edi. Bu qarorni NATO boş kotibi Mark Ryutte qöllab-quvvatladi. Uning sözlariga köra, “juda muhim harbiy texnika” yetkazib berilişi Ukrainada qiş mavsumining boşlanişi şaroitida alohida ahamiyat kasb etadi.
«Ukrainaning ustuvor ehtiyojlari röyxati» (Prioritised Ukraine Requiremens List, PURL) dasturi 2025 yil iyulidan boşlab NATO va AQŞ prezidenti Donald Tramp örtasidagi kelişuvga binoan amal qiladi. 17 sentabr kuni Volodimir Zelenskiyning aytişiça, PURL doirasida Ukraina hozirgaça 2 mlrd dollardan ortiq mablağ olgan, yil yakunida esa 3–3,5 mlrd dollarga umid qilmoqda. Bu mablağlar hisobiga, jumladan, Patriot havo mudofaa tizimlari va HIMARS yalpi öt oçiş reaktiv tizimlari uçun raketalar xarid qilingan.












