Davlat rahbari 2024 yilda ta’sis etilgan Oliy davlatlararo kengaş formati özining dolzarbligi va samaradorligini namoyon etayotganini ta’kidladi.

– Munosabatlarimiz bugungi kunda eng yuqori – strategik şeriklik va ittifoqçilik darajasiga kötarildi, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Yiğilişda hamkorlikning yangi yönalişlari, ikki tomonlama salohiyatdan töliq foydalaniş yöllari atrofliça körib çiqildi. Özaro savdoning barqaror ösişini ta’minlaş, uning tarkibini diversifikatsiya qiliş va biznes uçun yanada qulay şaroitlar yaratişga alohida e’tibor qaratildi. Yil boşidan buyon tovar ayirboşlaş hajmi 4 milliard dollarga yetgani qayd etildi va 2030 yilgaça bu körsatkiçni 10 milliard dollarga yetkaziş rejasi tasdiqlandi.

Bu maqsadlarga erişiş uçun savdo va investitsiya bitimlarining salmoqli töplami şakllantirilgani, “ÖzKazTreyd” kompaniyasi faoliyati yölga qöyilgani, işbilarmon doiralar örtasida töğridan-töğri hamkorlik mexanizmlari işlayotgani ta’kidlandi.

Yiğilişda şuningdek, sanoat kooperatsiyasi doirasida “Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazini işga tuşiriş, umumiy qiymati 1,3 milliard dollarlik loyihalarni amalga oşiriş, qiymati 8 milliard dollardan ortiq bölgan yangi dasturni tayyorlaş masalalari körib çiqildi.

Transport va logistika, suv-ekologiya, energiyani tejaş, “yaşil” texnologiyalar, axborot texnologiyalari, şuningdek, fan, ta’lim, madaniyat va turizm sohalaridagi qöşma taşabbuslar ham muhokama qilindi.

Yiğiliş yakunida Özbekiston–Qozoğiston hamkorligini yanada kengaytirişga xizmat qiluvçi qator muhim qarorlar qabul qilindi.