Ryazan viloyati 15 noyabrga ötar keçasi dronlar tomonidan ommaviy hujumga uçradi. Qator Telegram-kanallar dronlar Ryazan neftni qayta işlaş zavodi (NQZ)ga hujum qilgani haqida yozmoqda. Jumladan, Astra kanali uşbu hujumdan keyin NQZda boşlangan yonğin tasvirlangan videoni e’lon qildi. Ryazan NQZga dron hujumi haqida Ukrainaning Supernova+ Telegram-kanali ham xabar berdi. Bu ma’lumotlar hozirça rasman tasdiqlanmagan.
Ryazan viloyati gubernatori Pavel Malkov 15 noyabr tongida Telegram’da yozişiça, dron parçalari tuşişi natijasida «bir korxona hududida yonğin kelib çiqqan», ammo u qaysi korxona ekanini aniqlaştirmagan. «Dastlabki ma’lumotlarga köra, jabrlanuvçilar yöq, moddiy zarar baholanmoqda. Hodisa joyida favqulodda xizmatlar işlamoqda», — deyiladi Malkov postida.
Öz navbatida, RF mudofaa vazirligi Telegram’da şu tun navbatçi havo mudofaa vositalari Rossiya mintaqalari ustida uçgan 64 ta Ukrain droniga zarba bergani yoki ularni yöq qilgani haqida ma’lum qildi, şulardan 25 tasi — Ryazan viloyati uzra. Yana 17 ta dron Rostov viloyati hududi ustida urib tuşirilgani aytildi. «Ötgan tun Şoloxov va Çertkov tumanlarida dron hujumi qaytarildi. Fuqarolar orasida jabrlanganlar yöq. Oqibatlar yuzasidan ma’lumotlar aniqlaştirilmoqda», — deb yozdi Telegram’da viloyat gubernatori Yuriy Slyusar.
Bundan taşqari, Rossiya mudofaa vazirligi ma’lumotlariga köra, 8 ta dron Tambov viloyati, 5 ta — Voronej viloyati, 2 tadan — Belgorod, Saratov va Lipetsk viloyatlari, bittadan — Tula va Samara viloyatlari, şuningdek, Tatariston Respublikasi hududi ustida urib tuşirilgan.
Sönggi oylarda Ukraina Rossiyadagi NQZ va boşqa energetika infratuzilmasi obektlariga dronlar yordamida tez-tez hujum qila boşladi. Kuzatuvçilar ta’kidlaşiça, şu fonda Rossiyaning qator hududlarida yonilği tanqisligi holatlari kuzatilyapti.













