12 noyabrdan 13 noyabrga ötar keçasi Tojikistonning Panjakent şahri Matluboti mahallasida joylaşgan Guliston bozorida katta yonğin sodir bölgan. Mahalliy aholi bu bozorni – “latta bozori” deb atardi. Şahar yonğin xavfsizligi boşqarmasining mahalliy tojik medialariga bildirişiça, kamida 600 kvadrat metr hududga yonğin tarqalgan. Lekin Kun.uz suhbatlaşgan manbalarning aytişiça, yonğin hududi qariyb 800 metr kvadratgaça boradi.
Yonğin Tojikiston vaqti bilan 13 noyabr kuni soat 02:30 da öçirilgan. Tojikiston Içki işlar vazirligi davlat yonğin xavfsizligi xizmati Instagram’dagi sahifasida yonğin haqida taxminan soat 22:33 da xabar olganini yozdi. Va uni öçiriş uçun Panjakent şahri tasarrufidagi muassasaning 7 ta öt öçiriş maşinasi va 4 ta suv avtomaşinasi 87 nafar xodim bilan safarbar etilgan.
"Hodisa joyini közdan keçiriş çoğida 280 ta savdo şoxobçasi ayvonlar ostida qolgani, bozorga tutaş 20 ta uy-rözğor buyumlari va kiyim-keçak sotiladigan dökonlar yonib zarar körgani aniqlandi. Bozor va turar joy binolaridan qariyb 27 million somoniylik tovar va mol-mulk yonğindan qutqarib olindi", deb yozadi Tojikiston Davlat yonğin xavfsizligi xizmati xodimlari.
Tojikistonlik jurnalist Ozod Hoşimiyning Kun.uz’ga aytişiça, yonğin sabablari örganilmoqda.
Eslatib ötamiz, mamlakat bozorlarida avval ham yonğinlar sodir bölgan va aksariyat hollarda mutasaddilar yonğinni yonğin xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik yoki elektr simlarining nosozligi bilan izohlab keladi. Yonğindan jabr körgan tadbirkorlar bunday yonğinlarda tovarlari yöq bölib ketayotganidan şikoyat qilsa-da, heç kim ularga tovon bermagan. Bu galgi yonğindan aziyat çekkanlarning ham oh-vohini heç kim eşitmasa kerak.











