Qöşma Ştatlar yadroviy sinovlar ötkazadi, çunki boşqa davlatlar ham bunday sinovlar ötkazmoqda. Bu haqda 14 noyabr kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Floridaga yöl olayotganida Air Force One bortida jurnalistlar bilan suhbat çoğida ma’lum qildi. Reuters agentligi qayd etişiça, Oq uy rahbari sinovlar yadroviy kallaklarni portlatişni öz içiga oladimi-yöqmi, aniqlaştirmagan.
OAV vakillarining «AQŞ yadroviy sinovlarni qaçon ötkazadi?» degan savoliga Tramp: «Yaqin orada», — deb javob berdi. Şu bilan birga, respublikaçi u yadroviy quroldan ozod böliş (denuklearizatsiya) masalasida Rossiya va Xitoy bilan uçraşuv ötkazişni istaşini ta’kidlab, yadroviy qurolsizlanişni bunday qurollar ustidan nazorat sohasidagi eng yaxşi yeçim deb atadi. Trampning aytişiça, Rossiya va Xitoy tört–beş yil içida yadroviy arsenal böyiça Qöşma Ştatlarga yetib olişi mumkin.
Donald Tramp yadroviy sinovlarni AQŞda qayta yölga qöyiş töğrisidagi qarorini 29 oktyabr kuni e’lon qilgan, ammo ma’muriyat hanuzgaça gap yadroviy zaryadlarni portlatiş haqida ketyaptimi-yöqmi, aniq tuşuntirmagan.
«Rossiya sinovlar ötkazmoqda, Xitoy sinovlar ötkazmoqda, lekin ular bu haqda gapirmaydi. Men sinov ötkazmaydigan yagona davlat bölişni istamayman», — degan edi AQŞ prezidenti noyabr boşlarida CBS News telekanalidagi 60 Minutes dasturida.












