Isroil mudofaa vaziri Israel Kats mamlakat Ğazo sektorining nazorat ostidagi hududlarida HAMAS jangarilarini qurolsizlantiriş bilan mustaqil ravişda şuğullanişini ma’lum qildi. Qolgan hududlarda bu vazifani xalqaro kuçlar yoki Isroil armiyasi bajaradi. Siyosatçi X ijtimoiy tarmoğida tegişli bayonot bilan çiqdi.

Şuningdek, Kats Isroilning Falastin masalasidagi pozitsiyasini tasdiqlab, mamlakat Falastin davlatining taşkil etilişiga yöl qöymasligini aytdi.

«Isroil siyosati aniq: Falastin davlati taşkil etilmaydi. Ğazo oxirgi tunnelgaça demilitarizatsiya qilinadi va HAMAS harakati qurolsizlantiriladi», deb yozdi mudofaa vaziri.

10 oktyabrdan boşlab Ğazoda öt oçişni töxtatiş töğrisidagi bitim amal qilmoqda. HAMAS va Isroil tinçlik şartnomasini imzolaganidan keyin muntazam ravişda garovga olinganlarning jasadlarini almaşmoqda.

Ayni paytda 150 dan ortiq davlat Falastin mustaqilligini tan olgan. Sentabr oyida bu röyxatga Fransiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Portugaliya va Avstraliya qöşildi.