Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Toşkentda bölib ötgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinçi maslahat uçraşuvida iştirok etdi va nutq sözladi.

«Hurmatli prezident Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev aytganidek, jahon maydonida röy berayotgan özgarişlar şaroitida mamlakatlarimizda mintaqani Yevrosiyoning muhim transport-logistika habiga aylantiriş uçun noyob imkoniyat mavjud.

Özbekiston prezidenti Şavkat Miromonoviç Mirziyoyevni Samarqandda YuNeSKO Boş konferensiyasi muvaffaqiyatli ötkazilgani bilan tabriklayman. Bu haqiqatan ham juda muhim forum.

Endilikda xalqlarimizning noyob tarixiy-madaniy merosiga asoslangan mintaqaviy öziga xoslikni mustahkamlaş ayniqsa muhimdir. Keça Islom sivilizatsiyasi markazida böldik. Bu uluğvor, betakror inşoot.

Darhaqiqat, bu ilmiy, sayyohlik, etnomadaniy loyiha bölib, Özbekiston prezidentining Toşkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi uşbu juda muhim sohada ilmiy-tadqiqot işlarini olib boriş uçun umumiy maydon bölişi mumkinligi haqidagi fikriga qöşilaman.

Özbekiston prezidenti Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev tomonidan formatimizning institutsional asoslarini mustahkamlaş böyiça bildirilgan takliflarni qöllab-quvvatlaşimni bildirmoqçiman.

Öylaymanki, biz uşbu masalalarni işçi tartibda muhokama qilib, tegişli takliflarni qonunçilik yoki şartnomaviy tartibda tasdiqlaşga erişişimiz mumkin. Sözim yakunida, hurmatli Şavkat Miromonoviç, sizga uşbu sammitni ötkaziş uçun körsatilgan yuksak mehmondöstlik va ajoyib şaroitlar uçun yana bir bor çuqur minnatdorçiligimni bildiraman», degan Qozoğiston rahbari.