Aksariyat hollarda ayollar qimmat brendlar bilan uslub yaratiş mumkin, deb öylaşadi. Aslida esa asosiy yeçim — sifatli, minimal va neytral ranglardagi bir neça baza elementlarini töğri tanlaş.

Bazaviy garderob nima uçun muhim?

Bazaviy garderob — bu qimmat emas, balki funksional böladi. Undagi kiyimlar:

  • bir-biriga mos keladi;
  • turli vaziyatlarda işlatiladi;
  • tez eskirib qolmaydi;
  • ayolning uslubini tejamkor yöl bilan çiroyli körsatib turadi.

Qiş mavsumida quyidagi 6–7 ta element eng köp iş beradi, şuning uçun garderobingizda ular albatta bölişi kerak:

1. Neytral rangli palto juda kerakli libos. Qora, qaymoqrang yoki qahvarang palto har qanday obrazni uslubli körsatadi. Ular bir neça mavsum sizga xizmat qiladi.

2. Ikki xil sviter (bir töq va biri vazminroq ranglarda bölsin). Sviter — qişda sizni "qutqaruvçi" kiyim hisoblanadi. Agar teksturasi sifatli bölsa, arzon sviter bölsa ham qimmat körinadi.

3. Qora şim yoki jinsi şim. Ularni deyarli har qanday sviter, palto va poyabzal bilan juda oson moslaştiriş mumkin.

4. Qulay etik, ya’ni poşnasi past yoki örtaçaroq bölsin. Sifatli, suv ötkazmaydigan va ham işga, ham kundalik hayotga mos etik tanlang.

5. Şarf va aksessuarlar – arzon, lekin obrazni töliq qilib körsatadigan detallar. Bitta şarf butun uslubni özgartirişi mumkin.

6. Momiq kurtka (puxovik) — aktiv hayot uçun eng muqobil variant. Palto har kuniga mos kelmasligi mumkin. Şu bois yengil, hamyonbop puxovik kerak böladi.

7. Qölqop va şapka har qanday uslubga “jon kiritadigan” detallar sanaladi. Ayolning jozibasini yorqin körsatadigan, oddiy kiyimga ham haşamat bağişlaydigan bu detallar mayda tuyulsa-da urğu beriladigan muhim jihatingiz bölsin.

Unutmang: past budjet — past uslub degani emas. Uni yorqinlaştiriş öz qölingizda. Tahlillarga köra, ayollarning köp qismi kiyim tanlaşda rang uyğunligi va umumiy siluetga e’tibor bermagani uçun yaxşi kiyiniş uçun köp pul sarflaş kerak degan fikrga borib qolişadi. Aslida uslub narxda emas — kiyimlarni moslaştirişda.