Ukrainadagi töliq miqyosli uruş davomida 236 mingdan ortiq bino vayron qilingan yoki şikastlangan, 2,5 milliondan ziyod uy-joy birligi (bu uy-joy fondining taxminan 10 foizini taşkil etadi) turli darajada şikastlangan yoki davom etayotgan qurolli mojaro sabab foydalaniş uçun yaroqsiz holatda. Bu haqda 16 noyabr kuni e’lon qilingan, BMT huzuridagi Xalqaro migratsiya taşkiloti (IOM)ning hisobotida aytiladi. Hisobotda bu holat "misli körilmagan uy-joy inqirozi" sifatida baholangan.
Hujjatda qayd etilişiça, uy-joyning mavjudligi va uning narxiga munitsipal uy-joylarning yetişmasligi, ijara bozorining yetarliça tartibga solinmagani, şuningdek, uruşdan ommaviy qoçiş jarayoni keskin ta’sir körsatgan.
IOM ekspertlarining baholaşiça, taxminan 10,6 million ukrainalik öz uyini tark etişga majbur bölgan — bu mamlakatning uruşdan oldingi aholisining qariyb törtdan bir qismiga töğri keladi. Ularning aksariyati çet elga çiqib ketgan. Mamlakatni tark etmagan 3,7 million qoçqinning uçdan ikki qismi yangi uy-joy uçun tölov qilişda qiynalmoqda. "Köplab oilalar ijara bozoriga töliq boğlanib qolgani sababli, ularning oilaviy jamğarmalari butunlay sarflanib böldi", — deya ta’kidlaydi hisobot mualliflari.
Hisobotda, şuningdek, uy-joy ijarasini tölaş yuki öz uylarini tark etgan odamlar uçun juda oğirligiça qolayotgani qayd etiladi, çunki ular uy ijarasiga öz daromadlarining 50 foizi yoki undan köproğini sarflaşga majbur.












