Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyo bo‘ylab bolalar orasida gipertoniya o‘sib borayotgani aniqlandi
Olimlar bu tendensiyani turmush tarzining yomonlashuvi va semirish holatlarining ko‘payishi bilan bog‘lamoqda.
Foto: Getty images
Dunyoda bolalar gipertoniyasi bilan kasallanish holatlari ko‘paymoqda, deyiladi Lancet portalida e’lon qilingan tadqiqotda.
«Bolalar gipertoniyasi butun dunyo bo‘ylab yosh aholining sezilarli va o‘sib borayotgan qismini qamrab olmoqda», deyiladi nashr xabarida.
Olimlar bu tendensiyani turmush tarzining yomonlashuvi va semirish holatlarining ko‘payishi bilan bog‘lamoqda. Nashr mualliflari qariyb 444 ming bolani qamrab olgan maqolalar ma’lumotlarini tahlil qilib, 2000-2020 yillar oralig‘ida bolalar gipertoniyasining tarqalishi deyarli ikki baravarga oshganini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi: o‘g‘il bolalarda 3,4 foizdan 6,53 foizgacha va qizlarda 3 foizdan 5,82 foizgacha.
Tadqiqot natijalarini sharhlar ekan, Ispaniya kardiologiya jamiyati prezidenti Ignasio Fernandes Losano mutaxassislar o‘z amaliyotida uzoq vaqtdan beri kuzatib kelayotgan narsa tasdiqlanganini aytdi.
«Bu xavotirli, chunki biz bolalar va o‘smirlarda yurak-qon tomir tizimining holati doimiy ravishda yomonlashib borayotganini ko‘rmoqdamiz. Gipertoniya - bu kattalar kasalligi va uning bunday yoshda paydo bo‘lishi xavotir uyg‘otadi», deb ogohlantirdi u.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil oxirida dunyoda 1,13 milliard odamda gipertoniya kasalligi mavjud bo‘lib, ularning taxminan 40 foizi o‘z kasalligi haqida bilmaydi va faqat 10 foizi davolanadi.
Mavzuga oid
15:20 / 29.12.2025
Tibbiyot xodimlari farzandlariga kontraktning 30 foiz qismi qoplab beriladi
10:44 / 27.12.2025
Qirg‘izistonda o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining oyligi 2 baravar oshiriladi
22:57 / 23.12.2025
Tez yordamning yetib borish vaqti 3 barobar qisqardi – SSV
00:41 / 14.12.2025