Bunday aksiyalarga misol qilib, maqola mualliflari musiqaçilarning "çet el agentlari" deb e’lon qilinganlarning qöşiqlarini "Stoptaym" guruhini qöllab-quvvatlaş maqsadida ijro etişini keltiradi. Uşbu guruh iştirokçilari — yakkaxon Diana Loginova (Naoko), uning turmuş örtoği bölmiş gitaraçi Aleksandr Orexov va perkussionist Vladislav Leontev — "karusel hibslar"dan, ya’ni jinoyat işi qözğatmasdan, qamoqda uşlab turiş muddatining qayta-qayta uzaytirilişiga duç kelmoqda.
Norozilik aksiyalarining boşqa misollari sifatida Vladivostok, Novosibirsk va Kamçatkada utilizatsiya yiğimini oşirişga qarşi çiqiş, Voronej, Omsk, Novosibirsk va Petropavlovsk-Kamçatskiyda Max davlat messenjeriga qarşi mitinglar, Luçegorskiyda Primorskaya GRESda işlar olib borayotgan pudrat taşkiloti xodimlariga iş haqi tölovining keçikişiga qarşi aksiyalar, Kursk viloyati aholisining harbiy harakatlar tufayli vayronaga aylangan uylari uçun kompensatsiya talab qilişi, hatto fevral oyida Permda kuzatilgan, röyxatdan ötmagan "Rassvet" partiyasi a’zosi Yekaterina Dunsova taşkil etgan uruşga qarşi piket ham tilga olingan.
Şu bilan birga, Telegram-kanal ma’lumotlariga köra, Rossiyada tobora köproq fuqarolar hukumat siyosatiga nisbatan norozilik ifodasi sifatida mamlakatda "çet el agentlari" va "terroristlar" deb e’lon qilingan yozuvçilar asarlarini öqimoqda. Uşbu adabiyotlar xorijdagi naşriyotlar tomonidan çop etiladi, şundan söng ular Rossiyaga "hokimiyat nazoratidan taşqari usullar" orqali olib kiriladi, deyiladi postda.












