BMT Xavfsizlik Kengaşi (XK) AQŞ prezidenti Donald Trampning Ğazo sektori böyiça tinçlik rejasini qöllab-quvvatlovçi rezolyutsiyani qabul qildi. 15 a’zo davlatdan 13 tasi 17 noyabrda Vaşington taklifi uçun ovoz berdi. Rossiya va Xitoy ovoz berişda betaraf qoldi.

Reja Ğazo sektorida barqarorlaştirişga qaratilgan xalqaro kuçlar tuzişni va Yevroittifoq, Buyuk Britaniya hamda AQŞda terroristik taşkilot sifatida e’tirof etilgan HAMAS harakatini qurolsizlantirişni nazarda tutadi. Bundan taşqari, falastinliklar uçun ötiş davri ma’muriyatini tuziş taklif etilmoqda.

Ovoz beriş arafasida Isroil rezolyutsiya matnida "Falastin xalqi öz taqdirini özi belgilaşi va Falastin davlati tuzilişiga işonçli yöl" haqidagi bandni tanqid qildi.

Rezolyutsiyaning qabul qilinişi BMT Xavfsizlik Kengaşi uçun nisbatan kam uçraydigan yutuq hisoblanadi. Sönggi yillarda a’zo davlatlar Yaqin Şarq masalasida öta qarama-qarşi pozitsiyalarni egallab kelayotgan edi. Bunday ovoz beriş natijasi Yaqin Şarqdagi tinçlik jarayoni tobora kengroq xalqaro qöllab-quvvatlovga ega bölayotganidan dalolat beradi, deya ta’kidladi dpa agentligi. AFP agentligi eslatişiça, rezolyutsiya matni keskin muzokaralar çoğida bir neça bor qayta körib çiqilgan.

HAMAS ham rezolyutsiyani tanqid qilib, "Ğazo sektori içida xalqaro kuçlarga vazifa va funksiyalar yuklanişi, jumladan qurolsizlantiriş vazifasi, ularni neytrallikdan mahrum qilib, mojaro taraflaridan biriga aylantiradi", deb bayonot berdi. Guruh pozitsiyasini Reuters agentligi keltirdi.

Avvalroq G7 mamlakatlari, şuningdek Vaşingtonning Yaqin Şarqdagi ittifoqçilari – Qatar, Misr, BAA, Saudiya Arabistoni, Indoneziya, Pokiston, Iordaniya va Turkiya AQŞ rezolyutsiyasini qabul qilişga çaqirgan edi.

"Butun dunyoni BMT Xavfsizlik Kengaşining ajoyib ovoz beriş natijalari bilan tabriklayman, unga köra 'Tinçlik kengaşi' tan olindi va ma’qullandi. Unga men rahbarlik qilaman, unga dunyodagi eng nufuzli va hurmatli liderlar kiradi", – deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida.

Oq uy rahbari BMT Xavfsizlik Kengaşi a’zo davlatlariga, jumladan Rossiya va Xitoyga ham minnatdorlik izhor qildi. Uning sözlariga köra, "Tinçlik kengaşi" a’zolari haqidagi ma’lumotlar yaqin haftalarda e’lon qilinadi.

BMT Xavfsizlik Kengaşida veto huquqiga ega bölgan Moskva öz rezolyutsiya loyihasini tayyorlagan edi. Unda "Tinçlik kengaşi"ni tuziş va AQŞ muvofiqlaştiradigan xalqaro kuçlarni mintaqada joylaştiriş haqida söz bormagan. Hujjatda AQŞ prezidentining özi ham tilga olinmagan.