Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2024-2025 öquv yili boşiga kelib, Özbekistonda faoliyat yuritayotgan umumiy örta ta’lim taşkilotlari soni 10 943 tani taşkil etgan.

Bu körsatkiç 2020-2021 öquv yili boşiga nisbatan 762 taga oşgani qayd etilmoqda.

Şulardan 455 tasi nodavlat umumta’lim taşkilotlari bölib, 2020-2021 öquv yiliga nisbatan ularning soni 4,5 barobarga köpaygan.

Hududlar kesimida nodavlat umumta’lim taşkilotlari quyidagiça taqsimlangan:

  • Qoraqalpoğiston Respublikasi — 7 ta;
  • Andijon viloyati — 32 ta;
  • Buxoro viloyati — 27 ta;
  • Jizzax viloyati — 8 ta;
  • Qaşqadaryo viloyati — 21 ta;
  • Navoiy viloyati — 4 ta;
  • Namangan viloyati — 28 ta;
  • Samarqand viloyati — 38 ta;
  • Surxondaryo viloyati — 4 ta;
  • Sirdaryo viloyati — 12 ta;
  • Toşkent viloyati — 25 ta;
  • Farğona viloyati — 93 ta;
  • Xorazm viloyati — 25 ta;
  • Toşkent şahri — 131 ta.

Şu tariqa, nodavlat maktablar soni böyiça Toşkent şahri va Farğona viloyati peşqadam hisoblanadi. Mutasaddilarga köra, xususiy ta’lim muassasalari tarmoğining kengayişi ta’lim xizmatlari sifati va raqobatni oşirişga xizmat qilişi kutilmoqda.