Rossiya Davlat Dumasi 18 noyabr kuni 2026–2028 yillarga möljallangan federal budjet loyihasini ikkinçi öqişda qabul qildi. Uçinçi öqiş 20 noyabr kuni ötkazilişi rejalaştirilgan.
Loyiha uçun 353 nafar deputat ovoz berdi, yana 53 nafari betaraf qoldi. Natijalar ekranda çiqarilganda, bir parlament a’zosi qarşi ovoz bergani körsatilgan, biroq «Yagona Rossiya» fraksiyasi deputati Vyaçeslav Makarov bu texnik xato ekanini aytdi, deb yozadi «Vedomosti» gazetasi.
Budjet uç yilning barçasida ham kamomadli böladi. 2026 yilda kamomad 3,79 trln rubl yoki YaIMning taxminan 1,6 foizini taşkil etadi: 2026 yilda budjet daromadlari 40,3 trln rubl, xarajatlari esa 44,1 trln rubl miqyosida kutilmoqda. 2027 yilda daromadlar 42,9 trln rubl, xarajatlar 46 trln, 2028 yilda esa mos ravişda 45,9 va 49,5 trln rubl bölişi prognoz qilingan.
2026–2028 yillar budjeti uçun asosiy ustuvor yönalişlar — mudofaa va huquqni muhofaza qiliş tizimi xarajatlari (16,84 trln rubl) hisoblanadi. Ular jami ijtimoiy xarajatlarning (10,8 trln rubl) taxminan yarim baravardan köproğini taşkil etadi. Ilgari RF moliya vaziri Anton Siluanov «maxsus harbiy operatsiya iştirokçilari oilalarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş»ni, ya’ni Ukrainadagi uruş qatnaşçilari oilalariga yordamni alohida ta’kidlab ötgan edi.
Davlat Dumasi, şuningdek, ikkinçi öqişda qöşilgan qiymat soliği (QQS) stavkasi 2026 yil 1 yanvardan 20 foizdan 22 foizga oşirilişiga ham rozilik berdi.
Davlat Dumasi raisi Vyaçeslav Volodin loyiha birinçi öqişda qabul qilinganidan söng, kelasi uç yil uçun möljallangan budjet «sanksiyalar va Yevropa Ittifoqi tomonidan bölayotgan tahdidlarga qaramay, fuqarolar manfaatlarini himoya qiladi», deb bayonot bergan edi.












