Rossiya Fanlar akademiyasi Ob daryosi suvining bir qismini Markaziy Osiyoga, jumladan, Özbekistonga yönaltiriş imkoniyati örganilayotgani haqida xabar berdi. Rossiyadan Orol dengiziga suv olib keliş mavjud reallikka qançalik mos keladi? Bu imkonli işmi?

Markaziy Osiyo mamlakatlari kun tartibidagi eng ötkir va dolzarb masala – suv tanqisligidir. Aholining tabiiy ösişi va suv iste’moli köpayişi, iqlim özgarişi natijasida anomal issiq ob-havo yangi me’yorga aylanib borayotgani, qorli kunlar sonining qisqarişi, şuningdek, suv resurslaridan irratsional foydalaniş bu muammoni çuqurlaştiryapti. Şu jihatdan vaziyatni yaxşilaş uçun aytiladigan har qanday taklif yoki ğoyalar mutaxassislar tomonidan ham, mintaqa xalqlari tomonidan ham jiddiy qabul qilinadi va örganiladi. Xususan, Rossiya Fanlar akademiyasi Ob daryosi suvining bir qismini Markaziy Osiyoga, jumladan, Özbekistonga yönaltiriş loyihasini amalga oşiriş imkoniyatini örganayotgani haqida xabar berildi. Sibir daryolaridan Orol dengiziga suv olib keliş qançalik mavjud reallik mos keladi? Bu imkonli işmi? Bugun şu haqida gaplaşamiz.

Loyihaning paydo bölişi

Rossiya daryolaridan Orolga kanal tortib keliş loyihasi keça yoki bugun paydo bölib qolmagan. 1868 yilda Kiyev universiteti bitiruvçisi Yakov Demçenko Ob va Irtiş daryolari suvini Orol–Kaspiy pasttekisligiga oqiziş rejasini işlab çiqqandi. Öşa paytda bu işga ehtiyoj yöqligi sababli uning ğoyalari qoğozda qolib ketadi. Uzoq tanaffusdan söng, 1948 yilda akademik Vladimir Obruçev qurğoqçil Örta Osiyoni Sibir suvlari bilan «töyintiriş» imkoniyatlari haqida Stalinga xat yozdi. «Xalqlar dohiysi» bu rejani e’tiborsiz qoldiradi.

Loyihaning aşaddiy tarafdorlaridan biri Qozoğiston SSR Fanlar akademiyasi raisi Şafiq Şokin edi. U agar şimoldagi daryolar janubga burilmasa, yaqin yillarda Orol qurib bitib, çöl şamollari dengiz tubidagi minglab tonna tuzlarni havoga kötarişi, atrofdagi yuzlab kilometr maydonlar yaşaşga yaroqsiz bölib qolişi mumkinligini ta’kidlaydi.

1960 yillardan boşlab Sibir daryolarini janubga buriş uçun real sabab paydo böladi: Markaziy Osiyoning tabiiy resurslari poyonlab borar, paxtaga ehtiyoj esa yil sayin ortayotgandi. Bir paytlar tölib-toşib oqqan Sirdaryo va Amudaryo suvlari Orolga deyarli yetmas, dengiz barçaning köz öngida ulkan tuzli kölmakka aylanib borardi. Agar mazkur loyiha muvaffaqiyatli amalga oşirilsa, Qozoğiston va Özbekistondagi juda katta hududlarni özlaştiriş va qişloq xöjaligida foydalaniş mumkin bölardi.