2019 yilda Xon Saroy Toshkent shahrida ko‘p qavatli turar-joy binolarini loyihalash va qurish bilan o‘z faoliyatini boshlagan. Bugungi kunda kompaniya respublika bo‘ylab 14 ta loyihani qurib bitkazgan, 2200 ta hamyurtlarimizni ish joyi bilan ta’minlab kelmoqda.

Olti yil davomida Xon Saroy qurilish sohasida sezilarli natijalarga erishdi: Toshkent va Navoiy shaharlarida 14 ta loyiha yakunlangan, 12 000 ga yaqin oila yangi uy bilan ta’minlangan.

Foydalanishga topshirilgan turar-joy majmualari:

Toshkent shahrida:

  • Xon Saroy — 2022 yil
  • Ayvon — 2022 yil
  • Pandora — 2022 yil
  • Mega Tower — 2022 yil
  • Diplomat — 2023 yil
  • Sayram — 2023 yil
  • Parlament — 2024 yil
  • Salom Qo‘yliq — 2024 yil
  • Ocean — 2024 yil
  • Orzular — 2025 yil

Navoiy shahrida:

  • Navoiy City 1
  • Navoiy City 2
  • Sulton Saroy
  • Sherxon House

Bugungi kunda kompaniya Miroobod, Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod, Yashnobod va Bektemir tumanlarida joylashgan 610 ming kv.m maydonni o‘z ichiga olgan 10 ta loyiha ustida ish olib bormoqda. Zo‘rsan, Vatan, Vodiy, Afsona, Shirin Hayot, Muhabbat Shahri, Ramazon, Fazo kabi loyihalarida esa qurilish ishlari jadal davom etmoqda.

Har bir loyihani amalga oshirishda kompaniya aholiga qulay, xavfsiz va funksional yashash muhitini yaratishga intilladi. Xon Saroy’ning eng muhim 7 qadriyati:

  • Yangi chaqiriqlarga tayyorlik
  • Xaridor qulayligi — ustuvor
  • Jamoaviy yondashuv
  • Aniq natijaga yo‘naltirilganlik