Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jon Xili ma’lum qilişiça, Rossiya harbiy idorasiga tegişli «Yantar» tadqiqot kemasi sönggi bir neça hafta içida bir neça bor mamlakatning «keng hududiy suvlari»ga kirgan va boşqalar qatori Britaniya Havo kuçlarining P-8 Poseidon qarşi-submarina patrul samolyotlari ekipajlariga nisbatan lazer tizimlarini qöllagan. Mos bayonot çorşanba, 19 noyabr kuni vazirlikning X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida e’lon qilingan.

Britaniya qurolli kuçlari ma’lumotlariga köra, lazer nurlari Rossiya kemasining har bir harakatini kuzatib borayotgan uçuvçilarga qaratilgan. «Yantar» kemasi quyi suvdagi kabellarni xaritalaş va razvedka ma’lumotlar yiğiş uçun foydalaniladigan razvedka kema sifatida qayd etilgan. Aviatsiyadan taşqari, nazorat uçun Britaniya HMS Somerset fregatini ham jalb etgan.

«Uşbu Rossiya razvedka kemasi yil davomida ikkinçi marta Britaniya suvlariga kirmoqda. Bu — bizning eng muhim suvosti infratuzilmamizga tahdid solayotgan köplab Rossiya kemalaridan biri», — deyiladi Britaniya Mudofaa vazirligi bayonotida. Idora, şuningdek, Moskvaga alohida murojaat qildi: «Biz sizni köryapmiz. Nima qilayotganingizni bilamiz. Va agar “Yantar” şu hafta janub tomonga yöl olsa, bizning Havo kuçlarimiz harakatga şay».

Yanvar oyi oxirida Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi «Yantar» kemasi La-Manş böğozida aniqlanganini xabar qilgan edi. 2024 yil noyabrida kema Britaniya suvlarini mamlakat harbiy-dengiz kuçlari ogohlantirişidan söng tark etgan, bir neça haftadan keyin esa yana Britaniya qirğoqlari yaqiniga qaytgan.

Bundan taşqari, ötgan yil noyabrida Irlandiya harbiy-dengiz kuçlari «Yantar» kemasini Irlandiya dengiz qismidagi mamlakat iqtisodiy zonasidan çiqarib yuborgani haqida xabar qilingan. Rasman kema ilmiy-tadqiqot kemasi hisoblanadi, ammo Rossiya bunday kemalardan dengizning tubidagi muhim infratuzilma obektlarini kuzatiş, ya’ni josuslik qiliş uçun foydalanişda ayblanmoqda.

Britaniyaning The Guardian gazetasi Britaniya razvedkasi tahlilçilariga tayangan holda yozişiça, «Yantar» katta çuqurlikdagi suvosti apparatlarini işga tuşiriş qobiliyatiga ega. Naşr suhbatdoşlarining fikriça, kemaning asosiy maqsadi diversiya emas, balki razvedka ma’lumotlari töplaş bölgan.

Irish Examiner gazetasi ta’kidlaşiça, Irlandiya va Buyuk Britaniya örtasida uçta gaz quvuri va ikkita suvosti elektr uzatiş liniyasi mavjud. Şuning ikkita gaz quvuri va bitta elektr tarmoği aynan «Yantar» bölgan hudud yaqinidan ötadi. Şu yerdan ma’lumot uzatiş uçun sakkizta kabel ham ötadi.