Xalqaro tadqiqotçilar guruhi aniqlaşiça, 1993 yildan 2010 yilgaça bölgan davrda Yerning aylaniş öqi taxminan 78,48 santimetrga siljigan. Buning sabablari orasida suğoriş va içimlik uçun yerosti suvlarini katta hajmda oliş ham bor. Tadqiqot Geophysical Research Letters jurnalda çop etilgan.
Iqlim modeli baholariga köra, 1993–2010 yillar orasida yerosti suvlarining umumiy kamayişi 2 150 gigatonnaga yetgan. Bu Jahon okeani sathining 6,24 millimetrga kötarilişiga teng.
Tadqiqotning boş muallifi, Seul milliy universiteti (Seoul National University) geofizigi So Ki Von tuşuntirişiça, hozirgi paytda yerosti suvlarining qayta taqsimlanişi qutblar dreyfiga (siljişiga) boşqa iqlimiy omillarga nisbatan eng katta ta’sir körsatmoqda.
So ta’kidlaşiça, Yerning aylaniş qutbidagi özgarişlarni kuzatiş orqali qit’alar miqyosida suv zaxiralari qanday tebralişini tuşunib oliş mumkin. Bu ma’lumotlar yordamida ekologlar va suv resurslarini boşqaruvçi taşkilotlar dengiz sathining yanada kötarilişi va boşqa iqlimiy oqibatlarni çeklaşga qaratilgan çoralarni işlab çiqişi mumkin.












