Navoiyda içki işlar organlariga işga kiritib qöyişini aytib, firibgarlik qilgan şaxs qölga olindi. Bu haqda Kun.uz’ga Navoiy viloyati IIB axborot xizmati rahbari Fayozjon Qosimov xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, viloyatning Nurota tumanida yaşovçi, 1987 yilda tuğilgan şaxs buxorolik 35 yoşli fuqaro bilan tanişgan hamda u jiyanini içki işlar organlariga işga kiritmoqçi ekanidan xabar topgan. Özaro suhbatda “hojatbaror” bu iş xamirdan qil suğurgandek oson bitişini, özi ham içki işlar organi xodimi ekanini bildirgan. Söngra 5 000 ming dollar evaziga Navoiy viloyati IIB Tergov boşqarmasiga işga kiritib qöyişini aytgan.
Telefon orqali suhbatlardan birida u işni boşlab yuboriş uçun pul zarurligini ma’lum qilib, 500 dollar yetkazib berişni söraydi. Uşbu pulni olayotganda esa IIV ŞXBB Navoiy viloyati böyiça bölimi xodimlari tomonidan qölga olinadi.

“Pul kerak bölib qoldi. 500 dollar olib keling, keyin bu yoğini köraveramiz, dedim. Nafs yomonlik qildi. 10 kundan keyin çöntagimga pul tuşadi, qaytarib beraman deb öylagandim, öxşamadi. Özim uçun kerak edi u 500 dollar. Heç qanday tanişim yöq. Qilgan işimdan puşaymonman”, degan uşlangan şaxs.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda viloyat IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq DXXga işga kiritişni va’da qilgan firibgarlar uşlangandi.












