Özbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantiriş milliy qömitasi taşkil etildi. Bu haqda prezident farmoni e’lon qilindi.
Urbanizatsiya qömitasiga Şerzod Davlatoviç Qudbiyev rais etib tayinlandi. U 2020 yil may oyidan 2022 yil oxirigaça Soliq qömitasini boşqargan, 2023 yilda sakkiz oy iqtisodiyot va moliya vaziri sifatida işlab, öşa yil avgustida Soliq qömitasi raisi lavozimiga qaytarilgan edi.
Urbanizatsiya qömitasi – urbanizatsiya jarayonlari, uy-joy qurilişi, renovatsiya va ipoteka sohasida davlat siyosatini amalga oşiriş, şuningdek, uşbu yönalişdagi dasturlarni muvofiqlaştiriş va rivojlantiriş böyiça vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Qömita öz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi bilan uzviy hamkorlikda taşkil etadi va amalga oşiradi. Bunda Vazirlar Mahkamasi urbanizatsiya jarayonlarini davlat tomonidan tartibga soliş, uy-joy qurilişi, renovatsiya va ipoteka dasturlarini hamda samarali davlat uy-joy siyosatini amalga oşirişda Urbanizatsiya qömitasiga har tomonlama kömaklaşadi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Urbanizatsiya qömitasi tizimiga ötkazildi.
Kadastr agentligi direktori Farrux Pölatov Soliq qömitasi raisi etib tayinlandi
Quyidagi masalalarni öz içiga olgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Urbanizatsiya qömitasi bilan majburiy kelişilişi şart deb belgilandi:
- uy-joylar qurilişida davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş çoralari;
- Nukus va Toşkent şaharlarida, viloyatlar markazlari va boşqa aglomeratsiyalarda uy-joy hamda noturar joy majmualarini quriş loyihalarini amalga oşiriş;
- “Yangi Özbekiston” massivlarida va boşqa massivlarda köp kvartirali uylar qurilişi böyiça yillik maqsadli körsatkiçlarni tasdiqlaş;












