Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Mirabbos Mirzaahmedov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, boshlovchi va rejissyor Mirabbos Mirzaahmedov 19 noyabr kuni 84 yoshida vafot etdi. U 50 dan ziyod videofilmlar, «Buni hayot deydilar» turkum ko‘rsatuvlarini tasvirga olishda ishtirok etgan. Yarim asrdan ziyod vaqt mobaynida «Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi» loyihasi boshlovchi va rejissyori bo‘lib ishlagan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Mirabbos Mirzaahmedov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
“Mirabbos Mirzaahmedov o‘zining nuroniy va donishmand qiyofasi, ko‘p yillik bilim va tajribasi bilan markaziy telekanallarimiz orqali 40 yildan buyon namoyish etib kelinayotgan “Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi” ko‘rsatuviga yangicha ruh va mazmun olib kirdi hamda ushbu dastur orqali jamiyatimiz hayotidagi ijtimoiy-ma’naviy muammolarga jamoatchilik e’tiborini qaratish, el-yurtimiz, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida oila va Vatanga muhabbat, odob-axloq, mehr-oqibat g‘oyalarini targ‘ib etishga katta hissa qo‘shdi.
Butun umr doimo izlanib, xalqimizga sidqidildan xizmat qilib kelgan zahmatkash ijodkor o‘ziga xos mahorat va tajriba maktabini yaratib, ko‘plab yoshlarga ustozlik qildi. Taniqli san’atkor, samimiy va kamtarin inson, yoshlarning mehribon ustozi Mirabbos Mirzaahmedovning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”, deyiladi prezident Shavkat Mirziyoyev, Senat raisi Tanzila Norboyeva, Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov, bosh vazir Abdulla Aripov, S.Turdiyev bildirgan hamdardlikda.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, boshlovchi va rejissyor Mirabbos Mirzaahmedov 19 noyabr kuni 84 yoshida vafot etdi.
U «Bahor qaytmaydi», «Qalbingga quloq sol», «Dunyoning ishlari», «Inson sadoqati», «Billur qandillar», «E’tirof» kabi 50 dan ziyod videofilmlarni, «Buni hayot deydilar» turkum ko‘rsatuvlarini tasvirga olishda ishtirok etgan.
Yarim asrdan ziyod vaqt mobaynida «Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi» loyihasi boshlovchi va rejissyori bo‘lib ishlagan.
Mirzaahmedov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvoni, «Mehnat shuhrati» va «Do‘stlik» ordenlari bilan mukofotlangan.
Mavzuga oid
21:33 / 12.12.2025
Prezidentning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
13:31 / 12.12.2025
Shavkat Mirziyoyev: Markaziy Osiyo - tinchlik va yaxshi qo‘shnichilik makoni
11:13 / 12.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Ashxoboddagi Betaraflik monumenti poyiga gul qo‘ydi
23:02 / 11.12.2025