Wirecard moliyaviy kompaniyasining sobiq operatsiyalar direktori, Germaniya adliya tizimidan qoçib Moskvada yaşirinib yurgan Yan Marsalek milliardlab pullarni yuvişga oid sxema bilan boğlangan. Bu haqda Financial Times gazetasi juma, 21 noyabr kuni Buyuk Britaniyaning Milliy jinoyatlarga qarşi kuraş agentligi (NCA)ga tayanib xabar berdi.
NCA yangi hisoboti Smart va TGR kompaniyalariga doir yillar davomida olib borilgan tergovga bağişlangan. Uşbu kompaniyalar kriptovalutalardan foydalanib, pullarni jinoyatçilarga va sanksiyalar ostidagi şaxslarga ötkazib bergan. Bu tarmoqdan, jumladan, Rossiya oligarxlari va giyohvand moddalar savdogarlari foydalangan.
Smart kompaniyasiga rossiyalik Yekaterina Jdanova rahbarlik qilgan. AQŞ unga nisbatan sanksiya joriy etgan, hozirda u Fransiyada hibsda saqlanmoqda. TGR boşida esa Ukraina fuqarosi Jorj Rossi turgan, u ham AQŞ sanksiyalar röyxatiga tuşgan.
TGR Group AQŞ sanksiyalari ostidagi «Keremet» qirğiz bankining nazorat paketini sotib oliş bilan boğlangan. NCA ta’kidlaşiça, uşbu bankni sotib olişdan maqsad Rossiyaga qaratilgan ğarb sanksiyalarini çetlab ötişni yengillaştiriş va şu orqali, xususan, RFning mudofaa va aerokosmik tarmoqlarini qöllab-quvvatlaş bölgan.
Financial Times’ning yozişiça, Rossiya maxsus xizmatlari aynan şu tarmoqdan Buyuk Britaniyadagi, tarkibi bolgar fuqarolaridan iborat josuslik taşkilotini moliyalaştiriş uçun ham foydalangan. Londondagi manbalarga köra, bu tuzilmaga Yan Marsalek rahbarlik qilgan.
Marsalek 2020 yil iyun oyida Wirecard kompaniyasi hisoblaridan 1,9 mlrd yevro yöqolişiga oid mojaro avjida Germaniyadan Rossiyaga qoçib ketgan. Öşa oyning özida kompaniya «haddan taşqari qarzdorlik»ni bahona qilib, bankrotlik haqida ariza bergan.
«Dose» markazi va Süddeutsche Zeitung gazetasining 2021 yilgi jurnalistik suriştiruvi natijasiga köra, Yan Marsalek Rossiya pasportini soxta ism — German Bajyenov nomiga olgan. Der Spiegel’ning eslaşiça, Marsalekka nisbatan Buyuk Britaniya va Avstriyada ham Rossiya razvedkasi foydasiga josuslik qiliş işi böyiça tergovlar olib borilmoqda.
Britan tergovçilari ma’lumotlariga köra, Marsalek Moskva va bolgar fuqarolaridan iborat guruh örtasida vositaçi sifatida markaziy rol öynagan; bu guruh Rossiya maxsus xizmatlari topşiriğiga binoan, jumladan, Xristian Grozev kabi jurnalistlar ortidan kuzatuv örnatgan. Avstriya tergovi materiallariga köra, Marsalek «Venadagi razvedka yaçeykasi» tarkibiga kirgan, uning imkoniyatlari va salohiyati Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan foydalanilgan, deb yozgan edi Der Standard gazetasi.

















