Böğim va tovonlarga ortiqça yuklama
Baland poşna kiygan odamning butun tana vazni tabiiy holatdan farqli ölaroq oldinga siljiydi. Bu, eng avvalo, tizzalar va tovon suyaklariga bosimni keskin oşiradi. Har bir qadamda böğimlar “ortiqça yuk” ostida qoladi.
Ortiqça yuk tufayli böğimlardagi xondrositlar (böğim suyaklarini qoplaydigan töqima) tezroq eskiradi, uşbu holat surunkali oğriq, artrit va böğim deformatsiyalarini keltirib çiqarişi mumkin. Şu bilan birga, oyoq suyaklari, xususan tovon va oyoq barmoqlaridagi suyaklarda deformatsiya rivojlanişi ehtimoli ortadi. Masalan, barmoqlarning egilib qolişi yoki oyoqlar tagida oğriq paydo bölişi kabi xastaliklar baland poşna tufayli yuzaga keladi
Mazkur jarayonda tizzalarga tuşadigan yuk odatdagidan 20-30 foizga ortadi, ayniqsa, 7-10 sm balandlikdagi poşnalar bu ta’sirni kuçaytiradi. Kun davomida özgariş bilinmaydi, ammo hafta, oy, yillar ötib, tizza böğimlarida surunkali oğriq, artrit va suyaklarda deformatsiya rivojlanişi xavfi ortadi.
Mutaxassislar tavsiyasiga köra, baland poşnada kuniga 2–3 soatdan ortiq yuriş tavsiya etilmaydi.
Bel va böyin muşaklariga stress
Baland poşnada yurganda faqat oyoqlar emas, butun orqa qismi ham “zöriqiş rejimi”ga ötadi. Tana oldinga oğganidan söng, bel muşaklari muvozanatni saqlaş uçun köproq işlaydi. Bu esa çarçoqni, belda oğriqlarni keltirib çiqaradi.
Böyin muşaklari esa, aksinça, tanani tik tutişga harakat qiladi va doimiy taranglik holatida qoladi. Oqibatda böyin qismini bosgan oğriq, kuçsizlaniş, hatto boş oğriğiga olib kelişi mumkin. Mutaxassislar buni “zanjirli oğriq” deb ataşadi: oyoqdagi noqulaylik asta-sekin butun tana böylab yuqoriga kötariladi.
Oyoq muşaklari, paylar va qon aylanişi
Baland poşnada oyoqlar tabiiy holatda işlamaydi. Uning old qismi me’yordan ortiq siqiladi, paylar çözilib-çözilib çarçaydi, oyoq muşaklari esa qisqaradi. Uzoq muddat bunday vaziyatda yurgan ayollarda:












