Rossiyaliklarning deyarli uçdan ikki qismi (63–64 foiz) uruşni töxtatiş va Rossiya hamda Ukraina örtasida «muzokara asosidagi tinçlik şartnomasi» imzolanişini istaydi, biroq söralganlarning faqat 36 foizi şunday natijaga erişiş mumkin, deb öylaydi. Bu 2025 yil oktyabr oyida «Xroniki» tadqiqot loyihasi tomonidan ötkazilgan sörov natijalarida aks etgan, uning dastlabki xulosalarini Re: Russia naşri e’lon qildi.

Tadqiqotda neça kişi qatnaşgani aniq körsatilmagan. Şu bilan birga, sörov davomida iştirokçilar ikki teng guruhga bölingan: birinçisidan Rossiya hokimiyatidan qanday siyosiy qaror va harakatlarni kutayotgani söralgan, ikkinçisiga esa qanday özgarişlarni özi şaxsan körişni istaşi haqida savol berilgan.

Sörov qatnaşçilarining fikriga köra, hokimiyat tomonidan eng ehtimoliy deb baholanayotgan qadamlar quyidagilar: davlat budjeti xarajatlarini armiya manfaati yölida oşiriş (söralganlarning 78 foizi bu sodir böladi, deb hisoblaydi), içki va ijtimoiy muammolarni hal etişga e’tiborni kuçaytiriş (48 foiz), Kreml e’lon qilgan maqsadlarga erişilganidan keyin Ukrainadagi uruşni tugatiş (47 foiz), Ukraina bilan özaro ustuvorlikni inobatga olgan holda tinçlik şartnomasi imzolaş (36 foiz), safarbarlik (35 foiz), ğarb mamlakatlari bilan munosabatlarni tiklaş (28 foiz) va Rossiyaga qarşi joriy etilgan sanksiyalarni bekor qiliş (22 foiz).

Eng köp istaladigan harakatlar sifatida respondentlar quyidagilarni keltirdi: Kreml belgilagan maqsadlarga erişilganidan söng uruşni tugatiş va içki hamda ijtimoiy muammolarni hal qilişga e’tiborni kuçaytiriş (ikkalasi ham 88 foiz), Ukraina bilan özaro yon bosiş asosida tinçlik şartnomasi (64 foiz), sanksiyalarni bekor qiliş (63 foiz), ğarb mamlakatlari bilan munosabatlarni tiklaş (58 foiz), armiya xarajatlarini oşiriş (49 foiz) va safarbarlik (16 foiz).

Şu tariqa, istalgan va kutilgan voqeliklar örtasidagi tafovut örtaça 25 foiz punktni taşkil etdi. Bundan taşqari, rossiyaliklar özi kutayotganiga nisbatan hokimiyatdan kamroq liberal qarorlar çiqişini taxmin qilmoqda.

Sörovda iştirokçilarga quyidagi savol berildi: «Siz Rossiyaning Ukraina hududida olib borayotgan harbiy operatsiyasini qöllab-quvvatlaysizmi, qöllab-quvvatlamaysizmi, aniq javob berişga qiynalasizmi yoki bu savolga javob berişni istamaysizmi?» Savolga javoban söralganlarning 50 foizi uruşni qöllab-quvvatlaşini aytgan, 39 foizi esa javob berişni xohlamagan, qolganlari uruşni qöllab-quvvatlamasligini bildirgan.

Şuningdek, «buyruq doirasida» uruşda iştirok etişga tayyor ekanini 28 foiz respondent ma’lum qilgan, yana 9 foiz uruşga ixtiyoriy borişga tayyorligini aytgan. 38 foiz uruşda iştirok etişga tayyor emasligini bildirdi, yana 19 foiz javob berişdan boş tortgan. Qolgan 6 foiz esa safarbarlik böyiça tegişli toifaga kirmasligini aytgan.