Rossiya qöşinlari payşanba, 20 noyabr kuni keçqurun Ukrainaning Zaporijjya şahriga hujum qildi. Ukraina Favqulodda holatlar xizmati xabariga köra, sönggi ma’lumotlarga qaraganda zarba natijasida kamida beş kişi halok bölgan, yana uç kişi tan jarohati olgan.

Hujum natijasida uylar, dökon va bozor zararlangan. Jabr körganlar soni aniqlaştirilayotganini Zaporijjya viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Ivan Fedorov ta’kidladi. Hodisa joyida favqulodda xizmatlar işlamoqda.

Bundan avval Fedorov Zaporijjya viloyati böyiça boşqariladigan aviabombalar bilan zarba beriş xavfi borligi haqida xabar qilgan edi.

Bir kun oldin Rossiya havodan Xarkiv, Lviv, Ternopil va yana bir qator Ukraina şaharlariga kuçli zarbalar bergandi. Mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiyning sözlariga köra, Ukraina böylab 470 dan ortiq hujumkor dron va 48 ta raketa uçirilgan. Ternopilda 26 kişi, şu jumladan uç nafar bola halok bölgan. 93 kişi, jumladan 18 nafar bola jarohatlangani haqida Ukraina Milliy politsiyasi xabar bergan.