Volodimir Zelenskiy «Energoatom» energetika sohasidagi davlat kompaniyasi atrofidagi korrupsiya mojarosi fonida özining yaqin hamkori Andrey Yermakni Ukraina prezidenti devoni rahbari lavozimidan böşatişdan boş tortdi. Zelenskiyning bu rad javobini öz fraksiyasi «Sluga naroda» partiyasi deputatlari bilan uçraşuvi çoğida bilvosita ma’lum böldi, deb xabar berdi «Ukrainskaya pravda» va Hromadske naşrlari payşanba, 20 noyabr kuni.
Uçraşuvda deputat Maryana Bezuglaya davlat rahbaridan prezident devoni rahbarini va boşqa amaldorlarni işdan olişni rejalaştirayotgani yoki yöqligi haqida söradi. «Zelenskiy prezident devonidagi kadrlar masalasi prezidentning mas’uliyati ekanini aytdi va Yermak iste’foga çiqarilmasligini bildirdi», – dedi «Ukrainskaya pravda»ga Zelenskiy bilan muloqotda qatnaşganlardan biri. Şu bilan birga, Verxovnaya rada deputati Fyodor Venislavskiyga tayanib «Ukrainskaya pravda» yozişiça, «Sluga naroda» a’zolarining «ança katta qismi» Andrey Yermak iste’foga çiqişi kerak, deb hisoblaydi.
Ukraina Milliy korrupsiyaga qarşi byurosi (NABU) va Maxsus antikorrupsiya prokuraturasi (SAP) 10 noyabr kuni «Energoatom» atrofidagi yirik korrupsiya sxemasini foş etgani haqida ma’lum qildi. Mojaro markazida Ukraina hukumatining bir qator vazirlari, şuningdek prezidentning köp yillik hamkori Timur Mindiç va moliyaçi Aleksandr Tsukerman qoldi. Şu kuni huquqni muhofaza qiluvçi organlar Mindiçning uyida, «Energoatom»da, şuningdek Ukraina adliya vaziri German Galuşçenkoning ofisida tintuv ötkazdi. Mindiç esa bundan sal oldinroq Ukrainani tark etgan edi.
Zelenskiy 12 noyabr kuni ikki kun oldin vazifalarini bajarişdan çetlatilgan Galuşçenkoni va energetika vaziri Svetlana Grinçukni lavozimidan ozod etişni talab qildi. Oliy rada 19 noyabr kuni har ikki vazirning iste’fosi uçun ovoz berdi. Mindiç va Tsukermanga nisbatan esa Zelenskiy farmoniga muvofiq sanksiyalar joriy etildi.












