AQŞ Ukrainaga uruşni tartibga solişga oid, Vaşington tomonidan işlab çiqilgan rejani ma’qullatişga majburlaş maqsadida, Kiyevga razvedka ma’lumotlari va qurol-yaroğ yetkazib berişni töxtatiş bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda Reuters agentligi juma kuni, 21 noyabrda, vaziyatdan xabardor bölgan ikki manbaga tayanib xabar berdi.

Manbalar ta’kidlaşiça, Qöşma Ştatlar Ukraina rahbariyatining 27 noyabrgaça kelişuvni imzolaşini xohlamoqda. Ularning sözlariga köra, Vaşington Kiyevga oldingi barça tinçlik muzokaralariga nisbatan ança kuçliroq bosim ötkazmoqda. «Ular (AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati — tah.) uruşni tugatişni istaydi va buning uçun haqni Ukraina tölaşini xohlaydi», — deydi agentlik manbalaridan biri.

Rossiya hozirça Amerika tomonidan biror hujjat olmagan, deb ma’lum qildi RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov. «Biz ehtimoliy modifikatsiyalar mavjudligi haqida bilamiz, lekin rasmiy ravişda heç narsa olganimizni yöq… Hozirgi paytda mazmunan heç narsa muhokama qilinmayapti», — dedi Peskov brifingda. «Biz muloqotga oçiqmiz», — deb qöşimça qildi u.

Şu bilan birga, Kreml Ukrainani Trampning "tinçlik rejasi" böyiça qaror qabul qilişni çözmaslik haqida ogohlantirdi. Rossiya armiyasining öt oçişi va uçuvçisiz uçiş apparatlarini qöllaşi Ukraina rahbariyatini «kelişib oliş va buni hozir qiliş yaxşiroq» ekaniga işontirişi kerak, deya ta’kidladi prezident matbuot kotibi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 20 noyabr kuni Kiyevda tinçlikka erişiş yöllarini muhokama qiliş maqsadida AQŞning yuqori martabali harbiylari delegatsiyasini qabul qildi. Ukrainadagi AQŞ elçisi va uni hamrohlik qilgan armiya matbuot kotibi uçraşuvni muvaffaqiyatli deb atadi.

AQŞ taklif etgan "tinçlik rejasi" hozirgaça ommaga rasman e’lon qilinmagan, biroq qator OAV loyiha matnidan parçalarni e’lon qilgan. Kutilişiça, Ukraina Rossiyaga hududiy imtiyozlar berişi va öz armiyasini qisqartirişi kerak böladi. Qöşma Ştatlar va Yevropa esa Ukrainani tiklaşni moliyalaştiriş majburiyatini öz zimmasiga oladi, Rossiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar bosqiçma-bosqiç bekor qilinadi, Moskva va Vaşington esa uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlik haqida kelişuv imzolaydi. Axios ma’lumotlariga köra, reja Kiyev uçun xavfsizlik kafolatlarini nazarda tutadi, unga muvofiq AQŞ va yevropalik ittifoqçilar Ukrainaga qilingan har qanday hujumni butun "transatlantik hamjamiyat"ga qilingan hujum sifatida körib çiqişi lozim böladi.

Yevropa Ittifoqi Qöşma Ştatlar rejasiga ehtiyotkor munosabatda böldi. Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Ukraina rahbarlari «özaro tuşunişga erişiş uçun boşlanğiç nuqta» sifatida «front çiziği»ni qabul qiliş lozim, deb hisoblaydi, şu bilan birga Ukraina armiyasi mamlakat suverenitetini samarali himoya qiliş qobiliyatini saqlab qolişi kerakligini ta’kidlaydi.