Qarorga muvofiq, davlat xaridi elektron tizimi operatorining elektron tizimida Farma.xarid.uz moduli yaratiladi. Davlat buyurtmaçilari tomonidan dori vositalari va tibbiy jihozlar böyiça davlat xaridlarini majburiy ravişda aynan şu modul orqali amalga oşiriş tartibi joriy etiladi.
Qarorga köra, 2026 yil 1 iyuldan boşlab davlat röyxatidan ötkazilişi lozim bölgan farmatsevtika mahsulotlari bilan boğliq davlat xaridlarida quyidagi toifadagi iştirokçilarga ruxsat beriladi:
dori vositalari böyiça “Zarur işlab çiqariş amaliyoti (GMP)” sertifikatiga ega işlab çiqaruvçilar;
tibbiy jihozlar böyiça ISO:13485 sertifikatiga ega işlab çiqaruvçilar;
“Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP)” sertifikatiga ega dori vositalarini ulgurji sotuvçi distribyutorlar.
Şuningdek, 2026 yil 1 martdan Andijon va Namangan viloyatlarida röyxatdan ötgan davlat buyurtmaçilari, 2026 yil 1 iyuldan esa barça davlat buyurtmaçilari farmatsevtika mahsulotlari böyiça davlat xaridlarini Farma.xarid.uz moduli orqali amalga oşirişi şart böladi.
Qarorga binoan, 2026 yil 1 yanvardan Pharma.gov.uz portalining maxsus bölimida davlat xaridlari sohasida foydalaniladigan tovarlarning milliy klassifikatori asosida, xarid hajmlari körsatilgan holda barça farmatsevtika mahsulotlarining reyestri e’lon qilib boriladi.
Mazkur çora-tadbirlar farmatsevtika mahsulotlari böyiça davlat xaridlarida şaffoflikni oşiriş, mahsulotlar sifati va xavfsizligini ta’minlaş, şuningdek, xalqaro standartlarga mos raqobatbardoş muhitni şakllantirişga qaratilgan.












