Jizzaxda insonlar ölimi bilan boğliq mudhiş YTH sodir böldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, YTH keça, 21 noyabr kuni soat 23:40 larda Jizzax viloyatining Şarof Raşidov tumani hududida, M-39 “Toşkent-Termiz” avtomobil yölining 989-km.da sodir bölgan. 22 yoşli haydovçi öz boşqaruvidagi Isuzu avtomobilini “Toşkent–Samarqand” yönalişida joylaşgan “metan-zapravka”dan boşqarib çiqqan. Söngra yölni kesib ötayotganda “Samarqand-Toşkent” yönalişida harakatlanib kelayotgan, 23 yoşli haydovçi boşqaruvidagi Lacetti Isuzu’ga urilgan.

Töqnaşuvdan söng Lacetti’da yonğin çiqqan. YTH oqibatida Lacetti maşinasi haydovçisi va 4 yölovçisi voqea joyida vafot etgan.

Isuzu haydovçisi bir yil davomida 44 marta qoidabuzarliklar sodir qilgani aniqlangan.

Jizzax viloyati IIB YHXB axborot xizmatining ma’lum qilişiça, Isuzu haydovçisi örnatilgan 2.4 “Yöl bering” va 4.1.2 “Harakatlaniş önga” yöl belgisi talablariga böysunmasdan, belgilanmagan joydan Toşkent yönalişiga buriliş uçun yölning qatnov qismiga çiqqan.

Holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Samarqandda Damas-2 va Onix töqnaşuvi oqibatida bir kişi vafot etgandi.