AQŞ prezidenti Donald Trampning Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça «tinçlik rejasi»da nazarda tutilgan Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalaniş usuli Yevropa Ittifoqining uşbu mablağlar hisobiga Kiyevga «reparatsiyaviy kredit» beriş rejalariga tösqinlik qilişi mumkin. Bu haqda Politico naşrining Yevropa tahririyati bilan suhbatda bir neça yevropalik amaldor va diplomatlar anonimlik şarti bilan ma’lum qilgan. Politico materialini juma kuni, 21 noyabrda e’lon qildi.
Bryusselda Yevroittifoqning yuqori martabali amaldori Trampning Yevropada joylaşgan Moskva aktivlarini tasarruf etiş böyiça hatto eng kiçik vakolatga ham ega emasligini ta’kidladi. YeIga a’zo mamlakatlardan biri amaldori esa «tinçlik rejasi»dan ğazabini «jonli haqoratli ifoda» orqali bildirgan, Yevropa Ittifoqining yuqori darajali siyosiy arbobi, OAV ma’lumotlariga köra, uşbu rejaning asosiy mualliflaridan biri bölgan Trampning maxsus vakili Stiven Uitkoff «psixiatrga murojaat qilişi kerak», deb aytgan.
«Yevropaliklar özini ukrainaliklar manfaati yölida aktivlardan qanday foydalaniş böyiça hayotiy yeçim topişga uriniş bilan haddan ziyod çarçatyapti, Tramp esa bundan foyda körişni istayapti. Bu taklif, ehtimol, barça tomonlardan rad etiladi», — deya sobiq fransuz amaldorining sözlarini keltiradi Politico. U Tramp rejasining uşbu bandini «mojaroli» deb atadi.
AQŞning «tinçlik rejasi» Yevropada qolgan Rossiya aktivlarini blokdan çiqarişni nazarda tutadi. Kutilganidek, 100 milliard dollar AQŞ nazorati ostida Ukraina tiklaniş işlariga investitsiya qilinadi, Amerika tomoni uşbu loyihadan olinadigan foydaning 50 foizini olişni rejalaştirmoqda. Yana 100 milliard dollarni tiklaniş uçun Yevropa ajratişi kerak böladi.
Muzlatilgan Rossiya mablağlarining qolgan qismi rejaga muvofiq Amerika-Rossiya investitsiya jamğarmasiga yönaltiriladi, u ikki mamlakatning qöşma loyihalarini amalga oşiradi.
2022 yilda Rossiya Moliya vazirligi rahbari Anton Siluanov muzlatilgan aktivlar hajmini taxminan 300 milliard dollar deb baholagani haqida aytgan edi. Eng katta uluş — taxminan 220 milliard dollar — Belgiyadagi Euroclear depozitariyda saqlanayotgani qayd etilgan.
YeI Rossiyaning muzlatilgan mablağlari garovi ostida bermoqçi bölgan «reparatsiyaviy kredit»ni Ukraina faqat uruş tugaganidan va Rossiya yetkazilgan zararni qoplaşga rozi bölganidan keyingina tölaydi. Bu holatda Yevrokomissiya pullarni Belgiyadagi Euroclear depozitariysiga qaytarib beradi va Rossiya ulardan yana foydalaniş imkoniga ega böladi. Kredit taxminan 140 milliard yevro yoki 162 milliard dollar atrofida böladi — bu summa Ukrainaning 2026 va 2027 yillar uçun «eng zarur moliyaviy ehtiyoji» deb baholangan.

















