Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent atmosferasida PM2,5 ifloslanishi xavfli darajada qayd etildi
2025 yil 22 noyabr kuni soat 09:00 holatiga ko‘ra Toshkent shahri atmosfera havosida PM2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori ruxsat etilgan me’yordan 3,1 baravar yuqori qayd etildi. Aholi va poytaxt mehmonlariga ochiq havodagi faoliyatni cheklash va himoya niqoblaridan foydalanish tavsiya etilmoqda.
Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi avtomatik stansiyalari ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahar havosidagi PM10 mayda dispersli zarrachalar miqdori 264,1 mkg/m³ ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich ruxsat etilgan me’yor – 300 mkg/m³ dan oshmagan.
Shu bilan birga, PM2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori 186,4 mkg/m³ darajasida bo‘lib, belgilangan me’yor (60 mkg/m³) dan 3,1 marta yuqori ekani aniqlandi.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, ko‘rsatkichlarning oshishiga havo haroratining keskin o‘zgarishi ham sabab bo‘lgan. Haroratning o‘zgarishi inversiya jarayonini keltirib chiqaradi, bu esa mayda zarrachalarning pastki qatlamlarda to‘planishi va atmosfera havosidagi konsentratsiyasining ortishiga olib keladi.
Respublika aholisi hamda poytaxt mehmonlariga ochiq havodagi faoliyatni qisqartirish, ayniqsa, bolalar, keksa yoshdagilar va yurak-qon tomir hamda nafas yo‘llari xastaligi bor fuqarolarga zaruratsiz tashqariga chiqmaslik, chiqqanda esa himoya niqoblaridan foydalanish tavsiya etilmoqda.
Mavzuga oid
09:00
Toshkent va Navoiyda mansabdorlar pora bilan ushlandi
22:48 / 28.06.2026
Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi
21:23 / 28.06.2026
Poytaxtning uch va Toshkent viloyatining bir tumani elektrsiz qoldi
19:44 / 28.06.2026