Ayniqsa, Titan va Ganimed kabilar hayratlanarli. Yuzasi — muzliklardan iborat sahrolar. Ammo çuqurroqqa nazar taşlansa, Yerdagiga öxşamaydigan butunlay boşqa tuzilmalar oçiladi.

Taxminlarga köra, Ganimeddagi muzosti okeani 150 kilometr çuqurlikkaça yetadi. Bundan taşqari, ehtimol u “qavatlarga” bölingan: avval suv qatlami, söng muz qatlami, yana suv, va şu tarzda davom etadi.

Biroq suv ança kutilmagan joylarda ham uçraydi. Masalan, Oyda. Uning yuzasi mutlaqo quruqdek tuyuladi — ammo quyoş nuri yetib bormaydigan joylarida muz zaxiralari yaşiringan.

Sönggi yillardagi eng muhim kaşfiyotlardan biri — Yevropa (Yupiter yöldoşi) qay darajada “suvli” ekanini anglaş böldi. Ölçami jihatdan Oydan kiçikroq bölgan bu yöldoş muzpanjara bilan qoplangan, uning qalinligi taxminan 20 kilometr deb baholanyapti. Şu muz qatlami ostida esa çuqurligi taxminan 100 kilometrga yetuvçi okean yaşiringan. Undagi suv miqdori Yerdagi barça okeanlardan kamida ikki barobar köp bölişi mumkin.

Uşbu suvli joylar miqyosini tasavvur qiliş va yuqorida keltirilgan infografikani yaratiş uçun mutaxassislar okeanlar çuqurligi va muz qalinligi böyiça e’lon qilingan körsatkiçlarni suv hajmiga aylantirgan. Yerga oid ma’lumotlar AQŞ Geologik xizmati (United States Geological Survey)ning suv reyestridan olingan. Yevropa, Ganimed, Titan va boşqa uzoq jismlarga oid hajmlar esa NASA’ning turli missiyalari ma’lumotlari asosida hisoblab çiqilgan.