Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

Tramp Ukrainaga muddat qöydi

AQŞ prezidenti Donald Tramp Ukrainaga kelasi payşanba – 27 noyabrgaça Amerika tomoni taklif etgan «tinçlik rejasi»ga rozilik beriş uçun vaqt berdi. Bu haqda uning özi Fox News'ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

27 noyabr AQŞda Minnatdorlik kuni nişonlanadi va Trampning fikriça, bu Rossiya bilan uruşni tugatiş böyiça kelişuv tuziş uçun mos vaqtdir. «Menda köplab oxirgi muddatlar bölgan, ammo agar barçasi yaxşi ketayotgan bölsa, odatda bu muddatlar uzaytiriladi. Lekin payşanba — mos muddatdir», dedi u.

Tramp Ukraina bu uruşda hududlarini ham, odamlarini ham yöqotayotganini ta’kidladi. Bundan oldinroq Ğarb OAVlari AQŞ — Ukraina prezidenti tinçlik kelişuvi tuzişga majburlaş niyati haqida yozgandi. Rad etilgan taqdirda AQŞ Ukraina harbiylariga qurol yetkazib beriş va razvedka ma’lumotlarini uzatişni töxtatiş bilan tahdid qilgan.

Şu kuni Ukraina prezidenti AQŞ vitse-prezidenti Jyey Di Vens bilan Amerika «tinçlik rejasi» yuzasidan telefon orqali suhbatlaşdi. Zelenskiyning aytişiça, qariyb bir soat davom etgan suhbatda AQŞ armiyasi vaziri Den Driskoll ham iştirok etgan.

Şuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Trampning tinçlik rejasi böyiça ilk marta munosabat bildirdi. U 21 noyabr kuni Rossiya Xavfsizlik kengaşida sözlagan nutqida uşbu reja — uruşni tinç yöl bilan hal qiliş uçun asos bölişi mumkinligini aytdi.

Putinning ta’kidlaşiça, Rossiya AQŞ tinçlik rejasi matnini olgan, biroq u Rossiya tomoni bilan «batafsil» muhokama qilinmagan. Unga köra, buning sababi – Ukraina hozirça bu takliflarga rozilik bermagani.

Zelenskiy millatga murojaat qildi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQŞ tinçlik rejasini qabul qilişi uçun bosim ötkazayotgani haqidagi xabarlar fonida ukrainlarga murojaat bilan çiqdi.

«Hozir tariximizdagi eng oğir damlardan biri. Ukraina juda qiyin tanlov qarşisida turibdi: yoki qadr-qimmatni yöqotiş, yoki asosiy hamkorini yöqotiş xavfi. Yoki qiyin 28 band [ni qabul qiliş] yoki juda oğir qahraton qiş va boşqa xavf-xatarlar» dedi Ukraina yetakçisi.