Qozoğiston, Qirğiziston va Özbekiston suv-energetika hamkorligi parametrlari va özaro qöllab-quvvatlaş töğrisida kelişib oldi, deb xabar berdi Tengrinews Qozoğiston Energetika vazirligiga tayanib.
Olmaota şahrida Qozoğiston energetika vaziri Yerlan Akkenjyenov raisligida uç mamlakat suv-energetika idoralari rahbarlarining yiğilişi bölib ötdi.
Tomonlar suv-energetika sohasidagi hamkorlikning keyingi parametrlari töğrisida kelişib oldilar. Qirğizistonning Töxtağul suv omboridagi murakkab vaziyatni hisobga olgan holda, uçraşuv iştirokçilari özaro elektr energiyasi yetkazib beriş orqali bir-birini qöllab-quvvatlaş, isitiş mavsumini muvaffaqiyatli ötkaziş va kelgusi vegetatsiya mavsumiga tayyorgarlik köriş uçun birgalikdagi sa’y-harakatlarni muvofiqlaştirişga qaror qildi.
«Qozoğiston va Özbekiston kuz-qiş mavsumida Qirğizistonga elektr energiyasi yetkazib berişga tayyorligini tasdiqladi. Bu Qirğiziston tomoniga qişda elektr energiyasi işlab çiqariş hajmini kamaytiriş va Töxtağul suv omborida suv töplaş imkonini beradi. Jamğarilgan hajm vegetatsiya davrida janubiy hududlardagi ekin maydonlarini barqaror suğorişni ta’minlaş uçun Qozoğiston va Özbekistonga yönaltiriladi. Bundan taşqari, mintaqada iste’molni kamaytiriş va energiyani tejaş böyiça qöşma çora-tadbirlar köriş töğrisida kelişuvga erişildi», deyiladi xabarda.
Töxtağul suv ombori - Qirğizistonning Jalolobod viloyatidagi Norin daryosidagi sun’iy suv havzasi bölib, Markaziy Osiyoning asosiy energetika va irrigatsiya obektlaridan biridir. U mamlakat gidroenergetikasining «yuragi» rolini öynaydi, elektr energiyasining 80 foizigaça ta’minlaydi, şuningdek, Qirğiziston va Özbekistonda dalalarni suğoriş uçun oqimni tartibga soladi.
Yiğiliş yakunlari böyiça 2026 yil vegetatsiya davri uçun qişki elektr energiyasi yetkazib beriş va suv zaxirasini töplaş hajmlarini huquqiy jihatdan mustahkamlovçi uç tomonlama bayonnoma imzolandi.











