O‘zbekiston prezidentining 19 noyabr kungi farmoyishi bilan, davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxonalarda tannarxni kamaytirish choralari belgilandi.

Unga ko‘ra, qator funksiyalarni autsorsingga beriladi, bir nechta kompaniyaning asosiy vositalar bo‘yicha xaridlari birlashtiriladi, shuningdek, boshqaruv jarayonlari raqamlashtiriladi.

Autsorsing

Farmoyish bilan, davlat korxonalarida autsorsing asosida bajarilishi lozim bo‘lgan funksiya va xizmatlar ro‘yxati tasdiqlandi. Ro‘yxat quyidagicha:

  • bino va hududlarni tozalash (klining) xizmati;
  • qorovullik va obektlarni muhofaza qilish xizmati;
  • ishchilar ovqatlanishini tashkil etish (keytering) xizmati;
  • xodimlarni xizmat avtotransporti bilan ta’minlash xizmati (haydovchi bilan birga);
  • bino va inshootlarni texnik qo‘llab-quvvatlash (santexnika, elektr ta’minoti va boshqa muhandislik xizmatlari);
  • ishlab chiqarish uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish;
  • axborot texnologiyalari infrastrukturasiga xizmat ko‘rsatish (IT-autsorsing);
  • dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va texnik qo‘llab-quvvatlash xizmati;
  • buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni yuritish xizmati;
  • yuridik maslahat va huquqiy hamrohlik xizmati;
  • xodimlarni tanlash va ishga qabul qilish (rekruting) xizmati;
  • ish haqini hisoblash va kadrlar bo‘yicha hujjat yuritish xizmati;
  • marketing, reklama va jamoatchilik bilan aloqalar xizmati;
  • mijozlar uchun koll-markaz va axborot xizmati;
  • pochta-kurerlik va hujjat yetkazib berish xizmati;
  • poligrafiya va bosmaxona xizmati (matbaachilik va nusxa ko‘paytirish ishlari);
  • konferensiya, seminar va boshqa tadbirlarni tashkil etish xizmati;
  • avtoparkni boshqarish va avtotransportlarga servis xizmati;
  • laboratoriya sinovlari va sertifikatlash xizmatlari;
  • ichki audit va konsalting xizmati.

2026 yil 1 martdan boshlab UzAssets tizimidagi yirik korxonalarda umumiy xizmat ko‘rsatish markazlari (Shared Service Centers) faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ular orqali yordamchi xizmatlar va funksiyalar (