Noyabr oyining söngi iş haftasida Özbekiston hududida quruq ob-havo saqlanib turadi, ba’zi joylarga tuman tuşişi mumkin, deya xabar bermoqda Özgidromet.

Harorat kunduzi +13…+18 daraja atrofida böladi. Haftaning ikkinçi yarmida borib harorat şimoliy va çöl hududlarda 2–3 darajaga pasayadi.

Keçasi va ertablari respublika hududining asosiy qismida 0…+5, şimolda –1…–3 darajagaça böladi. Şarqdan biroz mayin şamol esib turadi.

Toşkent şahrida yoğingarçilik bölmaydi. Havo harorati keçasi +3…+5 daraja, kunduzi +15…+18 daraja böladi.