Germaniya kansleri Fridrix Mers DW'ga aytişiça, Ukrainadagi uruşni töxtatiş böyiça AQŞning «tinçlik rejasi» bilan Germaniya faqat 21 noyabr kuni tanişgan. «Biz bu 28 banddan iborat reja haqida ötgan juma kundan beri bilamiz», — dedi u yakşanba, 23 noyabr kuni Yoxannesburgdagi G20 sammiti doirasida DW'ga bergan intervyusida.
Mersning sözlariga köra, şu kuni, 21 noyabrda, u rejani AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan Germaniyadan Janubiy Afrikaga uçib ketişidan oldin telefon orqali muhokama qilgan. «Men unga ayrim bandlar böyiça kelişişimiz mumkinligini, ammo boşqa bandlar böyiça — yöqligini aytdim», — dedi kansler. Uning ta’kidlaşiça, u telefon suhbatida Trampga Berlin Ukrainaga töliq tayanç bölib qolişini, uning suvereniteti xavf ostiga qöyilmasligi kerakligini uqtirgan.
21 noyabr kuni Berliner Zeitung gazetasi noma’lum manbalarga tayanib, göyoki Germaniya Tramp rejasi haqida oktyabr oyi oxiridan beri xabardor bölgani, şu hafta esa faqat «buni hayratlanganday körsatgani» haqida yozgan edi. Bu ma’lumotlar Rossiya OAV tomonidan keng tarğib qilindi.
DW'ga bergan intervyusida Fridrix Mers yana bir bor tomonlar Tramp taklif qilgan «tinçlik rejasi»ning barça 28 bandini AQŞ prezidenti belgilagan muddat — 27 noyabrgaça kelişib olişga ulgura olişiga şubha bildirdi. Şu sababli, uning sözlariga köra, hozir gap mazkur sanaga qadar faqat oraliq natijalarga erişiş haqida borayotgan bölişi mumkin. «Biz rejaning qaysi qismi bir tomondan yevropaliklar, amerikaliklar va Ukraina, ikkinçi tomondan esa Rossiyadan bir ovozdan ma’qullanişi mumkinligini tuşunişga urinmoqdamiz», — dedi Germaniya hukumati rahbari.
U ayniqsa Trampning «tinçlik rejasi»dagi Rossiya aktivlari Ukrainaga joylaştirilganidan olinadigan foydaning yarmi AQŞga berilişi töğrisidagi bandni keskin tanqid qildi: «Bu rejada Yevropa tomoni roziligini talab qiladigan juda köp bandlar bor. Bir misol keltiraman: Bryusselda joylaşgan Rossiya aktivlarini amerikaliklarga tölab beriş mumkin emas. Bu tasavvur qiliş qiyin narsa. Şu bois, agar bu rejani amalga oşirişsa, yevropaliklarning qöllab-quvvatlaşi, şubhasiz, zarur böladi».
23 noyabr kuni Mers Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşiga barham beriş böyiça öz taklifini ilgari surgan edi. Gap AQŞning 28 banddan iborat «tinçlik rejasi»ning qisqartirilgan varianti haqida borayotgani aytildi. Kanslerning sözlariga köra, Germaniya taşabbusi Jyenevada YeI, AQŞ va Ukraina vakillarining muzokaralarida muhokama qilingan.












