Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Germaniya dual ta’lim va ilmiy klasterlar yaratish bo‘yicha kelishib oldi
O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi tashabbusi bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Germaniyaning tadqiqotlar, texnologiya va kosmos federal vazirligi, DAAD va DFG hamkorligida “O‘zbekiston–Germaniya universitetlari birinchi forumi” o‘tkazildi. Unda dual ta’lim, sanoat va ta’lim integratsiyasi, ilmiy klasterlar yaratish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Foto: "Dunyo" AA
"Dunyo" AA muxbiri xabar berishicha, forumda Germaniya tomonidan vazirliklar, universitetlar, tadqiqot institutlari, ilmiy markazlar, ta’lim grantlari bilan shug‘ullanuvchi fondlar, O‘zbekiston tomonidan esa oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi. Jami ikki mamlakatdan 200 ga yaqin oliygoh va ilmiy muassasa vakillari to‘plandi.
Elchi Dilshod Axatov o‘z chiqishida so‘nggi yillarda O‘zbekiston–Germaniya munosabatlari, jumladan, ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlik jadal rivojlanayotganini, birinchi marta o‘tkazilayotgan ushbu forum o‘zaro munosabatlarda tarixiy qadam ekanini ta’kidladi. U Toshkentda 28 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan madaniy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma komissiya yig‘ilishida ham universitetlar o‘rtasida akademik mobillik, qo‘shma loyihalar va yosh olimlar tashabbuslarini kengaytirish yuzasidan muhim kelishuvlarga erishilganini eslatib o‘tdi.
Vazir birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi ta’lim hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilayotganini qayd etib, dual ta’limni joriy etish, sanoat va ta’lim, sanoat va ilmiy tadqiqotlar integratsiyasini kuchaytirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini kengaytirish muhim ekanini ta’kidladi.
Germaniya universitetlari rektorlari konferensiyasi prezidenti Valter Rozental hamda Germaniya tadqiqotlar jamiyati (DFG) vitse-prezidenti Karin Yakobs chiqishida O‘zbekiston bilan ilm-fan va ta’lim sohasida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, yuqori darajadagi ilmiy tadqiqotlar klasterlarini yaratish, akademik almashinuv va qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.
Forum doirasida "Ta’lim va akademik hamkorlik", "Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar" mavzularida sessiyalar o‘tkazildi, ikki tomonlama uchrashuvlarda esa universitetlar rektorlari o‘rtasida yangi yo‘nalishlar bo‘yicha kelishuvlar imzolandi. Yakuniy natija sifatida 60 dan ortiq memorandum va kelishuvlar tuzildi, qator nemis professorlariga O‘zbekiston oliygohlari tomonidan "Faxriy professorlik" unvonlari topshirildi.
Forum zamonaviy ilm-fan, innovatsiya va oliy ta’lim sohasida O‘zbekiston–Germaniya hamkorligini yanada chuqurlashtirish, dual ta’lim tizimi va ilmiy klasterlarni rivojlantirish uchun muhim platforma sifatida baholanmoqda.
Mavzuga oid
14:30 / 12.12.2025
Germaniyadagi sud RFning “soyadagi floti” tankerini musodara qilishni taqiqladi
09:12 / 12.12.2025
Mers: Ukrainaning imtiyozlar bo‘yicha takliflari Trampga yetkazildi
08:59 / 11.12.2025
Tramp Yevropa yetakchilari bilan Ukraina yuzasidan keskin bahslashganini aytdi
15:45 / 10.12.2025