Bosniya va Hersegovina tarkibidagi Serb Respublikasida ötkazilgan navbatdan taşqari prezidentlik saylovlarida serb separatistlari nomzodi — sobiq içki işlar vaziri Sinişa Karan ğolib böldi. U vazifasidan çetlatilgan bosniya serblari yetakçisi Milorad Dodikning işonçli vakili hisoblanadi. Joriy yil avgust oyi boşida mahalliy Markaziy saylov komissiyasi Dodikni deyarli yigirma yil davomida egallagan Serb Respublikasi prezidenti lavozimidan çetlatgan edi.

«Dastlabki, norasmiy va töliq bölmagan natijalarga köra, Sinişa Karan 50,89 foiz ovoz töpladi», — dedi yakşanba, 23 noyabr kuni keçqurun Markaziy saylov komissiyasi raisi Yovan Kalaba. Uning asosiy raqibi, eng yirik muxolifat partiyasi nomzodi Branko Blanuş 47,8 foiz ovoz oldi. Rasmiy saylov natijalari hali e’lon qilinmadi, garçi ular mahalliy vaqt bilan soat 23:00 gaça e’lon qilişi rejalaştirilgan edi.

Huddi şu kuni bundan avval Serb Respublikasining davlatdan ajralib çiqişiga harakat qilib kelgan mustaqil sotsial-demokratlar partiyasi (SNSD) raisi Milorad Dodik öz işonçli vakili Sinişa Karanni ğalaba bilan tabrikladi.

«Bizning siyosatimiz har doim ravşan bölgan, u Serb Respublikasi va uning xalqiga bağişlangan. Men uçun xalqning köpçiligi şunday ovoz bergani — Sinişa Karanni, SNSD'ni va bizning koalitsion hamkorlarimizni qöllab-quvvatlagani yoqimli. Şaxsan özim bundan menga berilgan qöllab-quvvatlaşni köryapman. Eng murakkab şaroitlarda ular (raqiblar — tahr.) Dodikni ağdarmoqçi böldi, ammo endi ular har kuni köradigan ikkita Dodikka ega böldi», — dedi bosniya serblari yetakçisi partiya ştabidagi brifingda.

23 noyabr kuni bölib ötgan saylovlarda Serb Respublikasida 1,2 millionga yaqin saylovçi qatnaşişi mumkin edi. Saylovlarda ğolib çiqqan şaxs faqat taxminan bir yil davomida lavozimni egallaydi, çunki 2026 yil oktyabr oyida Bosniya va Hersegovinada umummilliy parlament va prezidentlik saylovlari bölib ötadi.

Milorad Dodik Bosniya va Hersegovina böyiça BMTning Oliy vakili qarorlarini bajarişni taqiqlovçi ikki qonunni kuçga kiritganidan söng Serb Respublikasi prezidenti lavozimidan çetlatilgan. Garçi Dodik qayta saylaniş huquqiga ega bölmagan bölsa-da, u hali ham voqealarga ta’sir körsatayotgan amaldagi yetakçi sifatida köriladi.

Deyton kelişuvlari şartlariga muvofiq, Bosniya va Hersegovina Serb Respublikasi (asosan bosniya serblari yaşaydigan hudud) hamda Bosniya va Hersegovina Xorvat-musulmon federatsiyasiga bölingan. Davlatning bu ikki yarim avtonom qismi özaro kuçsiz markaziy hukumat orqali boğlangan. Mamlakatning 3,5 millionga yaqin aholisining taxminan uçdan bir qismi Serb Respublikasida istiqomat qiladi, uning hududi esa butun davlat maydonining deyarli yarmini taşkil qiladi.