Yevrosiyoda unumdor tuproqlar Markaziy Yevropadan Rossiyaning quyoş çiqar tomonidagi (qit’a şarqidagi) hududlarigaça çözilgan. Yevrosiyo daştlari dunyodagi asosiy qora tuproq zonalaridan biri hisoblanadi. U Xorvatiyaning şarqidan Sibirgaça, Serbiya va Bolgariya şimoli, Ruminiya janubi va şarqi, Moldova, Ukraina va Rossiya markaziy mintaqalari orqali ketadi. Rossiyadagi eng hosildor yerlar Kursk, Voronej va Tambov viloyatlarida joylaşgan.

Şuningdek, qora tuproqlar Qozoğiston, Möğuliston va Xitoyda ham mavjud. Polşa va Vengriyada ham ular uçraydi. Yana bir qora tuproqli yerlar kamari Şimoliy Amerikada joylaşgan bölib, u Manitobadan AQŞning Katta tekisliklaridan ötib Kanzasgaça çöziladi.

Foto: Wondering maps

BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti ma’lumotlariga köra, 2022 yil holatiga Rossiyada qora tuproqlar maydoni 326,8 million gektarni taşkil etgan. Birinçi uçlikka, şuningdek, Qozoğiston (107,7 million gektar) va Xitoy (50 million gektar) kirgan. Keyingi örinlarda Argentina (39,7 million gektar) va Möğuliston (38,6 million gektar) turadi. Öntalikka, şuningdek, Ukraina, Kanada, AQŞ, Kolumbiya va Meksika kiradi.

Şu bilan birga, butun dunyo böyiça qora tuproqlarning taxminan 31 foizi qişloq xöjaligida qayta işlatiladi (ya’ni suğoriladi, ekiladi). Yerlarning katta qismi örmonlar va yaylovlar bilan qoplangan. Qayta işlatilmaydigan qora tuproqli hududlar asosan Rossiya va Kanada hududlarida uçraydi.