Teleminoralar zamonaviy şaharlar va texnologiyalar rivojida muhim rol öynaydi, ularda muhandislik mahorati, me’moriy ifoda va amaliy funksiyalar uyğunlaşgan. Dunyodagi eng baland önta teleminora röyxati taqdim etildi.

Foto: Skyscrapercity

Tokyo Skytree, Yaponiya — 634 metr

Tokio şahrining Sumida tumanida joylaşgan Tokyo Skytree teleradio minora, restoran va kuzatuv maydonçasi vazifasini bajaradi. Bu dunyodagi eng baland minora (634 metr) bölib, Burj Xalifa (828 m) va Merdeka 118 (678,9 m) osmonöpar binolaridan keyin uçinçi eng baland inşoot hisoblanadi.

Canton Tower, Xitoy — 600 metr

Bu köp funksiyali xitoy minorasi Guançjou şahrining Xayçju tumanida joylaşgan.

CN Tower, Toronto, Kanada — 553,3 metr

1976 yilda qurib bitkazilgan CN Tower öz vaqtida dunyodagi eng baland özini özi mustaqil uşlab turuvçi inşoot va eng baland minoraga aylangan. U 34 yil davomida şu ikki rekordni saqlab qoldi — 2010 yilda Burj Xalifa va Canton Tower barpo etilgunça. Bugungi kunda ham u ğarbiy yarimşardagi eng baland özini özi mustaqil uşlab turuvçi konstruksiya hisoblanadi.

Ostankino teleminorasi, Moskva, Rossiya — 540,1 metr

1967 yilda oçilgan. U Moskvadagi televizion va radiotranslatsiya minorasi. Hozirda Yevropa hududidagi eng baland özini özi mustaqil uşlab turuvçi inşoot va dunyoda yettinçi eng baland minora hisoblanadi. Ostankino minorasi 500 metr balandlikdan oşgan birinçi inşoot bölgan.

Oriental Pearl Tower, Xitoy — 468 metr

1994 yilda oçilgan. Şanhayda joylaşgan bölib, televizion minora sifatida foydalaniladi. Uning oson taniladigan futuristik silueti şahar ramzlaridan biriga aylangan va Xitoydagi eng maşhur sayyohlik joylaridan biri hisoblanadi.

Milad Tower, Eron — 435 metr

2007 yilda oçilgan. Tehronda joylaşgan bu köp funksiyali beton minora teleradioeşittirişdan taşqari kuzatuv maydonçasi, konferensiya zallari va aylanma restoranni ham öz içiga oladi.