Adliya vazirligi tomonidan “Davlat xizmatlari yagona reyestrini yuritiş tartibi töğrisida”gi nizom davlat röyxatidan ötkazildi (röyxat raqami: 3707, 2025 yil 21 noyabr).

Mazkur Nizomda Davlat xizmatlari yagona reyestrini şakllantiriş va yuritiş tartibi aniq belgilab berilgan. Unga köra, Davlat xizmatlari yagona reyestri Adliya vazirligi tomonidan şakllantiriladi va yuritiladi.

Davlat xizmatlari yagona reyestri “Davlat xizmatlari” avtomatlaştirilgan onlayn axborot tizimida yuritiladi. Reyestr doirasida har bir davlat xizmatining alohida “pasporti” yuritilib, unda xizmat turi, körsatiş tartibi, zarur hujjatlar, muddatlar va boşqa muhim ma’lumotlar aks ettiriladi.

Davlat xizmatini yagona reyestrga kiritiş yoki undan çiqariş, şuningdek, xizmat böyiça ma’lumotlarga özgartiriş kiritiş tegişli davlat xizmatini tartibga soluvçi normativ-huquqiy hujjatlar asosida amalga oşiriladi.

Nizomga köra, Davlat xizmatlari yagona reyestridagi ma’lumotlar jismoniy va yuridik şaxslar uçun oçiq hisoblanadi. Bu esa fuqarolar va biznes vakillariga davlat xizmatlari haqida işonçli, yangilanib boruvçi axborotni bir joydan oliş imkonini yaratadi.