Front çiziğida taşabbusni Rossiya öz qöliga olgan bölsa-da, Ukrainaning mudofaa salohiyati saqlanib turibdi. Şu bilan birga, Kiyev uçun xalqaro donorlar kömagi hal qiluvçi ahamiyatga ega. Xöş, AQŞning bosimi va frontdagi joriy holat ukrainlarni yoqimsiz şartlardagi kelişuvga majburlaşi mumkinmi? Mavzu Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturi muhokamasida.
— Frontdagi vaziyat Ukrainani Rossiya bilan kelişişga majbur qiladigan holatdami?
Abduvali Soyibnazarov: Frontdagi vaziyat real holatda oğir. Ayni paytda taşabbusning muhim qismi Rossiya qölida ekani kuzatiladi. Masalaning iqtisodiy tomoni ham bor: Jahon banki prognozlariga köra, agar barqarorlik saqlansa, 2026 yilda Ukraina iqtisodiyoti atigi 2 foizga ösişi mumkin. Şu bilan birga, davlat budjetining potensial taqçilligi hozirça taxminan 80 mlrd dollar atrofida baholanmoqda.
Harbiy vaziyatga qaytsak, jarayonlar murakkab va dinamik. Rossiya qöşinlari Çasiv-Yar yönalişidan tortib Konstantinovkagaça bölgan çiziqda sezilarli hududlarni egallab, taktik ustunlikka erişgan. Ukrainada esa öq-dori tanqisligi davom etmoqda. Ukraina mudofaasi asosan dronlar yordamida uşlab turilibdi, ammo Ğarbdan kelayotgan snaryadlar hajmi sezilarli darajada kamaygan.
Harbiy yordam böyiça ham noaniqlik kuçaymoqda. Yevropada muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalaniş yoki yordamni milliy budjetlar hisobidan davom ettiriş böyiça kelişmovçiliklar mavjud. Bu fon içida Ukrainada yuzaga kelayotgan korrupsiya mojarolari ham siyosiy pozitsiyani zaiflaştiryapti.
Şu bilan birga, bu holat front yaqin orada yorilişi yoki Ukraina qarşilik körsata olmay qolişini anglatmaydi. Biroq umumiy manzara harbiy, siyosiy va iqtisodiy jihatdan vaziyatning murakkablaşayotganini körsatmoqda.
Şuhrat Rasul: Avvalo, budjet taqçilligi masalasiga töxtalsak: ha, Ukrainada budjet kamomadi mavjud va uruş boşlanganidan beri bu defitsit asosan donor davlatlar tomonidan qoplab kelinmoqda. 2025 yil uçun ajratilgan mablağlar allaqaçon tasdiqlangan bölib, donorlar bu defitsitni töliq qoplab bermoqda. 2026 yil uçun ham moliyaviy yordam paketlari mavjud. Norvegiya, Yaponiya va boşqa davlatlar tomonidan ajratilayotgan mablağlar aynan ijtimoiy xarajatlar va davlat boşqaruvi uçun möljallangan, qurol-yaroğ uçun emas.
Bu nuqtayi nazardan, Ukrainani Rossiya bilan soliştirganda farq juda katta. Ayni paytda Rossiyada vaziyat ança oğir. 2025 yil uçun Rossiya budjeti dastlab 1,2 trillion rubl defitsit bilan rejalaştirilgan edi, bu YaIMning taxminan 5 foiziga teng bölişi kerak edi. Biroq hali noyabr yakunlanmasidan kamomad 5 trillion rublgaça oşdi, ya’ni deyarli tört barobar köpaydi. Mutaxassislarning fikriga köra, yil oxirigaça Rossiya yana taxminan 4 trillion rubl tölovni amalga oşirişi kerak. Şunday bölsa, umumiy kamomad 8 trillion rubldan oşişi mumkin. Bu hozirgi kurs böyiça taxminan 110 milliard dollar degani. Rossiyaning umumiy yillik budjeti esa 370–380 milliard dollar atrofida baholanadi, şuning uçun bu körsatkiç juda oğir moliyaviy bosimni anglatadi. 2026 yil uçun Rossiya rasmiy ravişda budjet taqçilligini 3,7 trillion rubl deb belgilamoqda.












