AQŞ va Ukraina prezidentlari Donald Tramp va Volodimir Zelenskiyning joriy haftadagi uçraşuvi rejalaştirilmagan. Bu haqda duşanba kuni, 24 noyabrda Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt ma’lum qildi.
«Şoşilinçlik hissi bor. Prezident (Tramp – tahr.) bu kelişuv imzolanişini va bu uruş yakunlanişini istaydi», – deb keltiradi Livittning sözlarini Amerikaning ABC News telekanali. U yangilangan rejani yana bir bor Rossiya tomoniga taqdim etiş kerakligini ta’kidladi.
Oq uy matbuot kotibi Kiyev va Vaşington örtasidagi «tinçlik rejasi» böyiça muzokaralarning özi esa samarali keçayotgani, ammo bir qator kelişilmagan masalalar saqlanayotgani haqida ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, Donald Tramp Rossiya va Ukraina prezidentlariga «bosim ötkazmoqda». Amerika prezidenti avvalroq tinçlik kelişuvini imzolaş uçun oxirgi sana sifatida 27 noyabrni tilga olgan edi.
Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi masalasi Tramp bilan Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinping örtasidagi telefon suhbatida kötarilgan-kötarilmagani haqidagi savolga javob berar ekan, Livitt bu mavzuda gapirilganini, ammo suhbatning asosiy mavzusi AQŞ–Xitoy munosabatlari bölganini aytdi.
Bir neça soat avval DW'ning Vaşingtondagi muxbiri xabariga köra, manbalardan biri ma’lum qilganidek, agar Jyenevadagi muzokaralarda özgarişga erişilsa, Volodimir Zelenskiyning kelasi haftada Oq uyga taşrifi amalga oşişi mumkin.
Ukraina va Qöşma Ştatlar rasmiylari 24 noyabrga ötar keçasi ikki mamlakat delegatsiyalari iştirokida Jyenevada ötkazilgan «samarali muzokaralar» natijasida Ukrainada tinçlikka erişiş böyiça yangilangan «hadli hujjat» tayyorlanganini bir vaqtning özida ma’lum qildi. Mazkur qöşma bayonot, unda tomonlar maslahatlaşuvlarni samarali, deb topgani ta’kidlangan, Oq uy va Ukraina prezidenti saytlarida e’lon qilindi.
23 noyabr keçqurun AQŞ davlat kotibi Marko Rubio Donald Tramp ma’muriyatining qayta işlangan tinçlik rejasi yuksak amalga oşiş salohiyatiga ega ekanini bildirgan edi. U Jyenevada Ukraina delegatsiyasi va uning yevropalik ittifoqçilari vakillari bilan ötkazilgan maslahatlaşuvlardan söng jurnalistlarga muzokaralar natijasida endilikda keyingi iş uçun asos böladigan «asosiy hujjat» yaratilganini aytdi. Xuddi şu fikrni ukrain delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan Ukraina prezidenti idorasi rahbari Andrey Yermak ham qöllab-quvvatladi.
Dpa axborot agentligi avvalroq xabar qilişiça, Yevropaning Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşiga barham beriş böyiça AQŞ rejasiga taklif etgan özgartişlari Kiyev foydasiga bir qator muhim bandlarni sezilarli darajada yumşatişni nazarda tutadi. Keyinçalik Britaniyaning Financial Times gazetasi va AQŞning The Washington Post (WP) naşri manbalariga tayanib yozişiça, Tramp ma’muriyati taklif qilgan Ukrainadagi uruşni töxtatiş rejasi 28 banddan 19 bandgaça qisqartirilgan, özgartişlar esa Jyenevadagi muzokaralardan söng kiritilgan.












